“Navro‘z” MFYdagi 3-son oilaviy poliklinikada malakali stomatolog ish boshladi

03.04.2018, 19:55

“Navro‘z” MFYdagi  3-son oilaviy poliklinikada malakali stomatolog ish boshladi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch shahar Navro‘z shaharchasi “Navro‘z” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Tuyamo‘yin-Urganch MSQFB DUK direktori, Urganch shahar IIB katta inspektori, “Milliy bank” Urganch filiali bo‘lim boshlig‘i va boshqa mutasaddilar mahalla ahli tomonidan kelib tushgan murojaatlarni muhokama etishdi.  

Jumladan,  “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan 28-yo‘nalishdagi avtobus qatnovi sonini oshirishga erishildi. “Ziyokorlar” mahallasi fuqarolari tomonidan 167-daha ko‘chalarini elektrlashtirish, “Obodonchi” va “Paxtakor” ko‘chalarida elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish, 3-son oilaviy poliklinikasini muntazam elektr yenergiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tushgan murojaatlar shu yerning o‘zida deputatlar va mutasaddi tashkilot mas’ullari ko‘magida hal  etildi.

–Bugungi uchrashuvda tibbiyot sohasiga doir muammolar ham o‘rtaga tashlandi, – deydi mahalla faoli M.Karimov. – 3-son oilaviy poliklinikamizga malakali stomatolog juda zarur edi. Bu bo‘yicha Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori R.Babajanovga murojaat qilgan edik, lekin natija bo‘lmadi. Bugungi qabulda ana shu masala yuzasidan murojaat qildik. O‘zimiz saylagan deputatimiz ko‘magi bilan muammoga yechim topildi.

Fuqaro Sh.Matrasulovning Urganch shahar markazida o‘zi tashkil etgan umumiy ovqatlanish shahobchasini kengaytirishda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham deputat nazorati ostida “Milliy bank” Urganch filiali bo‘lim boshlig‘i S.Matquliyev tomonidan ijobiy hal etildi.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1800
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+