O‘zLiDeP faoli chiqindidan energiya olish texnologiyasini ishlab chiqdi

04.04.2018, 14:57

O‘zLiDeP faoli chiqindidan energiya olish texnologiyasini ishlab chiqdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Innovatsion g‘oyalar – kelajak poydevori” mavzuida tadbir tashkil etdi.  

Unda partiya “Yoshlar qanoti” faoli Dmitriy Kim kursdoshlari bilan birga ishlab chiqqan “Elektr energiyasi va yonilg‘i uchun xomashyo tayyorlash sohasida innovatsion g‘oyalari” loyihasini taqdimot qildi.

 Ta’kidlanishicha, g‘oyaning maqsadi – chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda chiqindilar saralanadi. Ikkinchi bosqichda maxsus pechga jo‘natiladi. Uchunchi bosqichda esa yoqiladi. Olingan quvvat generatorga ketadi. Generator quvvatni elektr energiyasiga aylantiradi.

–Atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilarning ko‘pligini ko‘rib, qanday qilib ulardan samarali foydalanish mumkinligini o‘ylab qoldim, – deydi D. Kim. – Axir bular tayyor xomashyo. Bir oy davomida g‘oyani shakllantirdik va loyiha tayyorladik. Endi uni amalga oshirish va zavod qurish uchun 40 sotix yer maydoni kerak, xolos. Agar loyihani hayotga tatbiq qilsak, ekologiyani asrash bilan birga, yaxshigina foyda ham ko‘rish mumkin.

Darvoqe, yosh tadbirkor issiqxona va aholi turar joylarini isitish uchun qulay va arzon yonilg‘i yaratish g‘oyasi ustida ishlamoqda. Ishlab chiqilgan texnologiya – bu innovatsion issiqxona presslangan g‘o‘zapoyasi va har xil chiqindilar hisobiga isitiladi. Agar g‘o‘zapoya ushbu texnologiya bo‘yicha presslansa, undan 3 barobar ko‘proq quvvat beruvchi yonilg‘iga ega bo‘lish mumkin. Bu nafaqat issiqxonalarga alternativ yonilg‘i, balki prom zavodlarga va uylarga ishlatish uchun ham juda qulaydir.

Ta’kidlash kerak, D.Kimning g‘oyalari nafaqat foyda keltiradi, balki mamlakatimizni yanada obod qilishga xizmat qiladi.

Sarvar IBROHIMXONOV,

 O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi yoshlar bilan  ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Икромжон2018-04-23 12:37:48

Барча тумани ва шахарларда юқоридаги каби тадбриллар амалга оширилса мамалакатимиз иқтисодий тараққиётига хизмат қиладиган иқтидорли ёшлар кўпроқ кашф этилади.


Fikringizni qoldiring

+