O‘zLiDeP “Obod qishloq” dasturida faol ishtirok etmoqda

04.04.2018, 17:53

O‘zLiDeP “Obod qishloq” dasturida faol ishtirok etmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada obodonlashtirish va qurilish maydoniga aylangan qishloqlarimiz mutlaqo yangicha qiyofa kasb etyapti.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi S.Egamberdiyeva hududda amalga oshirilayotgan ishlardan quvonar ekan, davlatimiz rahbarining bu tashabbusi haqida o‘z fikrlari  bayon qildi.

– Qishlog‘imiz ham ushbu dasturga kiritilganidan mamnunmiz, – deydi onaxon. – Ayniqsa, viloyatning turli go‘shalaridan hasharchilarning tashrif buyurishi hududni yanada obod qilishga turtki bo‘lmoqda. O’zLiDeP faollari bizning uyimizga kelib uyimizni ta’mirlashga bosh-qosh bo‘lishdi. Ana shunday savobli ishlarda faol ishtirok etayotgan barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz.   

Ta’kidlash kerak, partiya tashabbusi bilan bu kabi xayrli ishlar joylarda davom etmoqda. O‘zLiDeP nafaqat Xatirchi tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on” qishlog‘ini obod qishloqqa aylantirish ishlariga, balki “Obod qishloq” dasturi doirasidagi ishlarda ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

M.HAMROYEV,

O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1466
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+