Kegeylida o‘tgan mehnat yarmarkasida 15 nafar fuqaro tadbirkorlik sub’ektlariga ishga joylashdi

05.04.2018, 09:17

Kegeylida o‘tgan mehnat yarmarkasida 15 nafar fuqaro tadbirkorlik sub’ektlariga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi tuman hokimligi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Kegeyli xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasini tashkil etdi. Mehnat yarmarkasiga muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelgan yigitlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari va xotin-qizlar jalb qilindi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi bandligini, ayniqsa, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlarni ish bilan ta’minlash, kollej bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

– Yarmarkada 26 ta korxona va tashkilot 183 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi, – deydi O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari B.Iskenderov. – Yarmarka davomida mutasaddilar tomonidan ishtirokchilarga bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat qonunchiligi haqida kengroq ma’lumotlar berildi. Ish beruvchilar bilan bo‘lgan suhbat natijasida 15 nafar fuqaro tadbirkorlik sub’ektlariga ishga joylashgan bo‘lsa, 73 nafar ishtirokchiga huquqiy maslahatlar berildi.

Ta’kidlash kerak, yarmarka doirasida tadbirkor va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

  O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+