Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalari

05.04.2018, 09:21

Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalari

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi tomonidan Baliqchi tibbiyot kollejida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalari” mavzuida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, Andijon qishloq xo‘jalik instituti xodimlari, “Yettiqashqa MFYdagi BPT hamda “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi a’zolari, Eski Haqqulobod qishlog‘i xotin-qizlari ishtirok etdi.

Tadbirni so‘z olgan O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi raisi Oqibatxon Jakbarova va boshqalar “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, partiyaning xotin-qizlar intellektual salohiyatini oshirish, ularni ilmiy ishlarga kengroq jalb qilish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdilar.

–Jamiyatimizni innovatsion rivojlantirishda ayollarning o‘rnini yanada mustahkamlash zarur, – deydi Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashi deputati Dilorom Dadaxonova. – To‘g‘ri, aslida innovatsion rivojlanishga ayollarimiz har kuni, har joyda - o‘z ish joyida, jamoalarda, oilasida, bola tarbiyasida  qaysidir ma’noda hissa qo‘shib kelayotgani bor gap. Biroq, bu borada ayollarimiz faolligini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish partiyamiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri ekaniga alohida urg‘u berishimiz kerak.

Seminarda ushbu tadbir partiyaning dasturiy maqsad-vazifalari bilan uyg‘unligi ta’kidlanib, aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlash orqali aholi farovonligini yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Gulnoraxon QODIROVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1705
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+