Tadbirkorga 7 foizlik kredit olib berishga ko‘maklashgan N.Kamolova quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi

05.04.2018, 09:26

Tadbirkorga 7 foizlik kredit olib berishga ko‘maklashgan N.Kamolova quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi

O‘zLiDeP Norin tuman Kengashidagi Boyovul MFYda faoliyat yuritayotgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘in yetakchisi Nafisaxon Kamolovaning 2017 yildagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Shuningdek, BPT tomonidan partiya elektorati va aholining muammolarini yechish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib-tashviq qilish, partiya a’zolari safini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

–A’zolarimiz nafaqat elektorat vakillarini balki aholini o‘ylantirayotgan muammolarga ham jiddiy e’tibor qaratadi, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi N.Kamolova. – Masalan, o‘tgan 2017 yilda Boyovul MFYda yashovchi Shoxista Rustamovaga limonariya tashkil etishda Agrobank tomonidan 7 foizlik kredit olib berishga ko‘maklashdik. Shuningdek, hudud aholisi tomonidan aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qilingan murojaat ham tuman hokimligining 2018 yil uchun aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash Dasturiga kiritildi. 

Yig‘ilish so‘nggida quyi bo‘g‘inning 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlanib, Nafisaxon Kamolova BPT raisligiga qayta saylandi.

E.AHMEDHOJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+