O‘zLiDeP deputati ko‘magi bilan “Oltin devor” ko‘chasiga elektr toki keldi

06.04.2018, 09:58

O‘zLiDeP deputati ko‘magi bilan “Oltin devor” ko‘chasiga elektr toki keldi

Izboskan tumani Jahonobod mahallasi “Yangi hayot” ko‘chasining pastki qismida uzunligi 1060 metrlik katta tashlama ariq bor. To‘qqiz yildan buyon chopiqqa muhtoj zovur allaqachon atrofdagi tomorqalarga zax suv chiqarishi tufayli salbiy ta’sirini o‘tkaza boshlagan edi. Hududdagi aholi shaxsiy tomorqalarining zaxlab ketganligi bois ekin ekib, daromad olish haqida o‘ylamay qo‘ygandi. Bu masala bo‘yicha bir necha marta tegishli idoralarga murojaat qilindi, ammo natijasi bo‘lmadi. Ishga O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Azizbek Daminov aralashgach, masala o‘z yechimini topdi.

Ta’kidlash kerak, fuqarolar A.Daminovning qabuliga shunchaki “aytib ko‘raychi” degan istihola bilan emas, balki qattiq ishonch bilan kelishadi. Inobiddin Turg‘unov ham deputatning oldiga ish so‘rab kelgan edi. Deputatning sa’y-harakati bilan I. Turg‘unov ishga joylashdi. U “Jonobod chorvasi” fermer xo‘jaligida mehnat qilayotir.

–Qo‘shko‘prik mahallasidagi “Oltin devor” ko‘chasi barpo bo‘lganiga o‘n yildan ziyod vaqt bo‘ldi, – deydi bir guruh vakillari. – Ammo ayni kunga qadar xonadonlar elektr tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlanmagan. Shu kungacha ochiq, xavfli, qo‘lbola elektr simlari va o‘tkazmalaridan foydalanib kelayotgan edik. Deputatga murojaatimiz tufayli ko‘chamizga loyiha asosida yangi beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simi tortildi.

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2024
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+