O‘zLiDeP tibbiy ko‘rigida 5 nafar bolada bosh ichki qon bosimining yuqoriligi aniqlanib, yo‘llanma berildi

06.04.2018, 10:04

O‘zLiDeP tibbiy ko‘rigida 5 nafar bolada bosh ichki qon bosimining yuqoriligi aniqlanib, yo‘llanma berildi

O‘zLiDeP Forish tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila“ loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

Tadbirda loyiha doirasida xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida zararli illatlar tarqalishini oldini olish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda xotin-qizlarni sportga jalb qilish borasida hayotga tatbiq etilayotgan amaliy ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida malakali onkomamolog, onkoginekolog, bolalar shifokori, terapevtlar ishtirokida xotin-qizlar va yosh bolalar tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkazildi.

Ko‘rikda UZI, EKG tibbiy uskunalari yordamida aniq tashxislar o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Loyiha natijasiga ko‘ra, 58 nafar xotin-qizda surunkali buyrak shamollash kasalligi, 16 nafar ayolda mastopatiyaning birinchi bosqichi alomatlari, 28 nafar yigit-qizda kamqonlik kasalligi, 53 nafar xotin-qizda esa ginekologik shamollash kasalliklari aniqlandi hamda aniq tashxislar belgilandi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 32 nafar yosh bolalardan 2 nafarida gidrotsifaliya, 5 nafarida esa bosh ichki qon bosimining yuqoriligi aniqlandi va ularga viloyatdagi maxsus rezonans, kompyuter tamografiya tekshiruviga yo‘llanma berildi.

Tadbirda bu kabi amaliy ishlarni viloyatning eng chekka hududlarida xam o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1347
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+