O‘zLiDePning “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” yig‘ilishida tadbirkor ayollarning 12 ta taklif va muammolari muhokama etildi
06.04.2018, 10:40

O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi Navoiy shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturida belgilangan keng qamrovli ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etdi.
Tadbirkor xotin-qizlarning huquqiy, iqtisodiy va siyosiy savodxonligini oshirish, partiya qoshida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” faoliyatini yanada jonlantirishga qaratilgan muloqotda viloyat ekspert guruhi a’zolariga tadbirkor xotin-qizlardan 12 ta muammo va takliflar kelib tushdi.
– Muloqot davomida soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasiga bir nechta takliflar berish va tadbirkorlik faoliyatimga doir muammolarga yechim topish maqsadida kelgan edim, – deydi tadbirkor ayol Xolisxon Qudratova. – Tadbir davomida davlat Soliq boshqarmasi xodimlariga konsepsiyaga doir o‘z takliflarimni berdim va faoliyatimda uchrayotgan muammolar yuzasidan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish ekspert guruhi” a’zolariga murojaat qildim. Tashkilotchilarga rahmat! Ularning tashabbuslari bilan muammoim ijobiy hal etildi.
Shuningdek, muloqot davomida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar tadbirkorlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
– Bugungi zamon tadbirkorniki, – deydi partiya viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri N.Saimova. – Shu bois keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbikorlikka bo‘lgan e’tibor ko‘lami yanada kengaydi. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi esa bu e’tiborning mantiqiy davomidir.
Muloqotda “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” a’zolari tomonidan bu kabi tadbirlarni viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazishga kelishib olindi.
M.HAMROYEV,
O‘zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot
xizmati xodimi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda
07.10.2019, 16:37
-
“Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun”
19.09.2019, 14:32
-
Ayolning oilada ham, jamiyatda ham o‘rni yuksak
05.09.2019, 18:11
-
Istiqbolli loyihalar ijrosi amalda
27.08.2019, 11:54
-
Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi
26.08.2019, 17:01
Fikringizni qoldiring