Nukusda 14 nafar nogironligi bor tadbirkorlar 106,9 million so'm soliqdan ozod etildi

07.04.2018, 15:28

Nukusda 14 nafar nogironligi bor tadbirkorlar 106,9 million so'm soliqdan ozod etildi

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O‘zliDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilning birinchi chorak yakunlariga ko‘ra Nukus shahri davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazida yuridik shaxs sifatida yangidan 197, qayta 205 jami 405 ta korxona davlat ro‘yhatidan o‘tgan bo‘lsa, jismoniy shaxslardan 345 yangi, 159 qayta jami 504 ta yakka tadbirkor ro‘yhatga olingani haqida Davlat soliq inspeksiyasi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazi, «Hunarmand uyushmasi», AKB «Mikrokreditbank», AK «Ipoteka bank» hamda AKB «Agrobank» ma’sul xodimlari ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Nukus shahar Davlat soliq inspeksiyasining tegishli bo‘limi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 3 006 ta fuqaro ro‘yhatga olingan bo‘lsa, shundan  1 658 tasi savdo-sodiq bilan, 324 tasi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi, 18 tasi tadbirkor hunarmand hamda xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bilan shug‘ullanish maqsadida yana 1006 ta yakka tadbirkor ro‘yhatdan o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi Farmonida nogironligi bor fuqarolarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning aniq chora-tadbirlari belgilab berilgan, deydi soliq inspeksiyasi bo‘lim mudiri A.Uteyev. – Farmonga asosan  Nukus shahrida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan I-II guruh nogironligi bor bo‘lgan 14 nafar fuqaroga belgilangan daromad solig‘idan imtiyozlar belgilanishi natijasida tadbirkorlar 106,9 million so‘m miqdoridagi soliq to‘lamidan ozod etildi.

Mikrokreditbank AKB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali Nukus amaliyot bo‘limida tadbirkorlar uchun qator qulayliklar yaratilgan. Bank tomonidan taklif etilgan “sms bank”, “mobil bank”, “internet bank” kabi zamonaviy interaktiv xizmat turlaridan mijozlar doimiy ravishda foydalanib kelmoqda,- deydi Nurqasin Abdirasuliyev.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan  ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O’zliDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1810
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+