O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan Nishonda “Uzmobile” antennasi o‘rnatiladi

10.04.2018, 18:53

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan Nishonda “Uzmobile” antennasi o‘rnatiladi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashiga saylangan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Ubaydullo Usmonov aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etib kelayotgan deputatlarimizdan biri.

Bir necha kun avval deputat Nishon tuman A.Qodiriy MFY saylovchilari bilan uchrashgandi. Uchrashuv davomida aholidan telefon aloqa xizmati yaxshi emasligi haqida murojaat  kelib tushgandi.  

Xalqning ishonchli vakili ushbu murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yubordi. So‘rovga belgilangan muddatda javob taqdim etildi.

Yuborilgan deputatlik so‘rovi natijasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi ishchi guruh tuzib, mazkur  masalani joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish natijasida ajratilgan hududda “Uzmobile” filiali Qashqadaryo hududiy bog‘lamasi va pudratchi quruvchilar tomonidan antenna machtasini o‘rnatish bo‘yicha kotlavan shaklida qazish ishlari amalga oshirilayotgani, metal konstruksiyasi o‘rnatilib, beton ishlari amalga oshirilishi boshlangani hamda mazkur baza stansiyasini o‘rnatish ishlari joriy yilning yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgani aniqlandi.

O‘zLiDeP  Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2128
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Равшанов Шерзод Тўйчиевич O’zLiDeP Қарши туман Кенгаши ходими.2018-05-08 12:56:48

O’zLiDeP Қарши туман Кенгаши аппарат ходимлари ва депутатлар билан биргаликда 2-жаҳон уруши қатнашчилари хонадонларига ташриф буюрилди. Хонадон эгалари юртимизда олиб борилаётган оқилона сиёсатдан халқимиз жуда хам мамнунлигини ҳар сония таъкидлаб туришибди, айниқса қаряларга 2-жаҳон уруши қатнашчиларига берилган юртбошимизнинг совғаларидан жуда ҳам мамнунликларини айтиб ўтишди. O’zLiDeP Қарши туман Кенгаши томонидан 2-жаҳон уруши қатнашчиларига эсталик совғалари топширилди.


Fikringizni qoldiring

+