Joriy yilda “Paxtakorteks”da 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi
10.04.2018, 19:02
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi “Paxtakorteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida barpo etilayotgan O‘zbekiston – Shveysariya qo‘shma korxonasi bir kunda 24 tonna, yil davomida esa 9 ming tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashga mo‘ljallangan. Kalava ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan 22 million 500 ming AQSh dollari qiymatidagi mablag‘ning 60 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
– Korxonada o‘tgan yil iyun oyidan boshlab qurilish ishlari boshlangan edi, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Alisher Fozilov. – Ayni paytda bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bunday yirik loyihalar barpo etilayotgan hududlarda yangi infratuzilma shakllanishi sir emas. Bundan tashqari, korxona ish boshlasa, ko‘plab kichik biznes sub’ektlarini tashkil etishga ham keng imkoniyat yaratiladi. Eng muhimi, joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan korxonada 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqarish rejalashtirilgan.
Saida UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot xizmati kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring