“Wellnor trade”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi

11.04.2018, 17:14

“Wellnor trade”da  O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan “Wellnor trade” markazida amaliy muloqot tashkil etildi.

– Markazimiz aholiga salomatlik vositalarini yetkazib berish orqali xotin-qizlarning salomatligiga xizmat qilibgina qolmay,  yangi ish o‘rinlari yaratishga ham jiddiy e’tibor qaratadi, – deydi “WELLNOR TRADE” MChJ Jizzax viloyati bo‘limi spikeri Nasriddin Ravshanov. – Shu bois hozirgi kunda faoliyatimizni yanada kengaytirish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga ham harakat qilyapmiz. Bunday ezgu ishlarni amalga oshirishda albatta, partiya ko‘magiga tayanamiz.

Amaliy muloqot davomida “Wellnor trade”  MChJ  qoshida quyi bo‘g‘in tuzish taklifi ma’qullandi va  markazning 25 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.  

Tadbir so‘nggida korxonada BPT tuzilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga  N.Ravshanov saylandi.  

Saida UMARALIYEVA,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1811
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

TSH 01-0552018-04-24 10:03:27

Fikringizga qo'shilaman. Ijtimoiy sohani rivojlantirishda partiyaning boshlang'ich tashkilotlari faolligi sezilsa jamiyatimiz barqarorligi uchun ham xizmat qiladi. Bu kabi namunaviy ishlarni tobora takomillashtirish zarur


Тургунова Дилфузахон Нумановна2018-04-23 15:44:19

Бундай эзгу ишларни амалга оширишда Жиззахлик хамкасбларимизга ва тадбиркорларимизга мувоффакият тилаймиз .


Fikringizni qoldiring

+