O‘zbek - afg‘on munosabatlari: siyosiy taraqqiyotning yangi bosqichida

11.04.2018, 20:54

O‘zbek - afg‘on munosabatlari: siyosiy taraqqiyotning yangi bosqichida

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan yaqindagina poytaxtimizda yakunlangan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyasidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “O‘zbek - afg‘on munosabatlari: siyosiy taraqqiyotning yangi bosqichida” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi apparat xodimlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazining talaba yoshlari, partiyamiz faollari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zaro amaliy muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan tadbirda tinchlik bo‘yicha Toshkent konferensiyasi qo‘shni davlatda barqarorlikni ta’minlash uchun muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi. Konferensiyada Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun “Tolibon” harakati vakillari ham faol ishtirok etishi taklifi berildi. Ana shu taklifning o‘ziyoq, Konferensiyaning mintaqamiz hayoti uchun g‘oyatda muhim ekanini isbotlaydi.

Konferensiyada “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon” va “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” kabi boshqa mintaqaviy loyihalarni samarali tashkil etish kabi masalalarning muhokama etilgani Afg‘oniston iqtisodiy taraqqiyoti uchun ham g‘oyat muhimdir.

– Prezidentimiz Afg‘onistondagi nizoning nihoyatda murakkabligi, unda turli kuchlar ishtirok etayotganini hisobga olgan holda, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalariga amal qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi, – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori Oybek Ro‘ziyev. – Yurtboshimizning ushbu fikriga ko‘plab xalqaro ekspertlar e’tibor qaratdi. Chunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Afg‘onistonni qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarga jalb qilish vaziyatni maqbullashtirish hamda mamlakatni tinch hayotga qaytarish jarayoniga salmoqli hissa bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston boshqalarga namuna ko‘rsatmoqda. Xususan, qo‘shni davlatga elektr energiya yetkazib berish, temir yo‘l qurish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishga yaqindan yordam berib kelinmoqda.  

Tadbir davomida partiya xodimlari va Afg‘oniston fuqorolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Zebiniso  SAPAROVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1880
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

FR/02-023. 50-“Мустақиллик” МФЙ БПТ2018-04-19 18:02:17

Халқимизда “қўшнинг тинч, сен тинч” деган мақол бежизга айтилмаган. Шубҳасиз, шундоққина қўшни бўлган мамлакатда мана бир неча йиллик давом этаётган урушлар афғон халқининг тинка-мадорини қуритди. Ҳеч ким, қайтариб ўтаман, ҳеч ким юртда нотинчлик бўлишини истамайди. Мазкур қирғинбарот жанглар ва жафокаш афғон халқининг азобли ҳаёти биз ўзбекистонликларни бирдек ўйга толдиради, десам муболаға бўлмайди. Қадимдан дини, анъаналари, урф-одатлари, тўйларида муштараклик бор бўлган халқ парокандалигига бефарқ қараб тура олмайсан киши.. Беихтиёр ёрдам қўлини чўзгинг, муаммоларни тинч йўл билан ҳал этгинг келади. Юртимиздаги ойишталикни мисол сифатида кўрсатиб, тинчлик қадри нақадар улуғ неъмат эканлигини баралла айтгишга чоғланасан. Назаримда, Президентимиз ташаббуси билан илгари сурилган Афғонистонда тинчлик ўрнатиш бўйича халқаро конференциянинг ўтказилиши ўзбекистонликларнинг дилидаги гап ва ўзбек халқининг ҳайрихохлигини кўрсатиб берган дадил қадам бўлди ва бутун дунёни Афғонистонда тинчлик байроғини балад кўтаришга ундаган янги ташаббуслар силсиласини бошлаб берди... Конференцияга бўлган хорижий мамлакатлар ва халқаро ташкилотлар эътиборининг юқорилиги эса унинг самарасига бўлган умид даражасини кўрсатиб беради. Конференция ишини кузатиб боридим ва ҳеч бир жиҳат – иқтисодий омиллардан тортиб, манавий қўллаб-қувватлашгача эътибордан четда қолмаганлигига ва ташкилотчилар масалага шунчаки ёндошмаганлигига ҳамда бу борада ниятлари қатъий эканлигига амин бўлдим. Мазкур йиғилиш шахсан менга яна бир ҳулосани шакллантиришга ундади. Президентимизнинг нақадар одил сиёсат олиб бораётганлиги, барча эътиборини нафақат мамлакатимизнинг тинчлиги учун, шу қаторида минтақа осойишталиги, фаровонлиги ва хавфсизлигини таъминлашга қаратганлигига бўлган ишончим ортди. Ўйлайманки, албатта, мазкур ташаббуснинг амалий ифодаси афғон диёрида бўй кўрсатади. Урушаётган ва урушни ихтиёр этган ёвуз кучлар қўлида қўғирчоқ бўлаётган тарафлар афғон халқининг хоҳиш-иродасини инобатга олишади. Чунки, Марказий Осиёнинг барча мамлакатлари энди мазкур холатларга шунчаки қараб туришмайди.


Fikringizni qoldiring

+