O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Namanganimpeks” korxonasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan uzluksiz energiya ta’minoti bo‘yicha shartnoma tuzdi

11.04.2018, 20:58

O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Namanganimpeks” korxonasida tuman  elektr tarmoqlari korxonasi bilan  uzluksiz energiya ta’minoti bo‘yicha  shartnoma tuzdi

O‘zLiDeP  Yangiqo‘rg‘on  tuman  Kengashi  “Namanganimpeks” korxonasi “2018 yil  “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va  texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash  yili” Davlat dasturidagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati” mavzusida tadbir tashkil etdi. 

– Ko‘p yillardan buyon qishlog‘imizda katta tikuvchilik fabrikasi ochish va qishloq yoshlarini ish bilan ta’minlashni orzu qilardim, – deydi Korxonasi raisi Nodiraxon Madaliyeva. – Shu maqsadda mazkur korxonani tashkil etdik. Hozirgi kunda korxonamizda 52 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, xususiy bolalar bog‘chasi, qandolat ishlab chiqarish sexlarini ham ishga tushirish niyatimiz bor.

Tadbir davomida korxona ishchi-xodimlari Zuhraxon Qirg‘izova va  Ravzaxon To‘xtaboyeva mutasaddilardan korxonaning to‘la quvvat bilan faoliyat ko‘rsatishi uchun elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishdi yordam so‘radilar. Mazkur masala shu joyning o‘zida hal etildi. O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zolari “Namanganimpeks” va tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan uzluksiz energiya ta’minoti borasida shartnoma tuzishga  ko‘maklashdilar.     

Abdulatif RAHMANOV,

O‘zLiDeP  viloyat Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+