O‘zLiDeP deputati: 1 kun ichida kredit olish imkoni yaratiladi

12.04.2018, 16:44

O‘zLiDeP deputati: 1 kun ichida  kredit olish imkoni yaratiladi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda “Tadbirkorlik sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi” mavzusida tadbir tashkil etdi. Unda tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash tartibi, kredit olishda bank, mijoz va uning hamkori o‘rtasidagi munosabatlar, kredit turlari va bank kredit siyosati to‘g‘risida, garov ta’minotining turlari hamda garov hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.

– Hozirda bankimizga murojaat qilgan tadbirkorlarga belgilangan hujjatlar asosida yillik 14 foizdan 20 foizgacha ustama to‘lash sharti bilan kreditlar ajratilmoqda, – deydi Respublika “Ipoteka” ATIB bank raisi boshqarish departamenti direktor o‘rinbosari Shahnoza Alimova. – Endilikda hom-ashyo va asbob-uskunalar sotib olish maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlarga kredit olish muddatini qisqartirish, ya’ni belgilangan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda bir kun ichida kredit berish imkoniyati yaratilyapti. Maqsadimiz ham tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Yig‘ilishda shuningdek, “Mikrokreditbank”ATB o‘quv markazi direktori Ashur Qodirov ishtirokchilarga kredit olishda bank, mijoz va uning hamkori o‘rtasidagi munosabatlar hamda tijorat banklari tomonidan kreditni uchinchi shaxsga chiqarish majburiyati belgilangan normativ hujjatlar va bu borada xorij tajribasi haqida kengroq ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida tadbirkorlar va o‘z biznesini boshlash istagida yurgan ishtirokchilar tomonidan ko‘plab savollar o‘rtaga tashlandi.

M.O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

                                                                              Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1566
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

_Shaxa_2019-08-22 10:20:30

Salom man krdit olmoqchidim garovsiz qanqilib olasam boladi biznes planim ham bor faqat mablag kere


Бекзод2018-05-11 13:48:02

Кайси банкдан таминотсиз кридит олса булади. Бизнес режа олинадиган кридитни кайтаришга кийинчилик булмаса хам банкни билиб олгани таминот шундан бошка нарсани билмайди. Бизни банклар халиям 2000-йилда тухтаб колган. Таминот йук булса хамма ишинг бир тигин. Аслида крдитга ким мухтож булади? 100милионли таминоти бор одамга кридит бор таминот йук одам банка бормаса хам булади.


Пайгамов Бахтиер Акбарович2018-04-14 18:42:44

Бу йил уз маблагимдан 2 сотих иссикхрна курдим Яна 20 сотих иссикхрна курмокчиман кайси банк ердам Бера олади


Bekjan2018-04-14 05:28:13

malumot olish


Fikringizni qoldiring

+