O‘zLiDeP tashabbusi bilan mirzacho‘llik 5 nafar bemorga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi

12.04.2018, 20:24

O‘zLiDeP tashabbusi bilan mirzacho‘llik   5 nafar bemorga bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan  Mirzacho‘l tumanidagi markaziy poliklinikada “Sog‘lom oila – mustahkam oila“ loyihasi doirasida “Xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish omillari” mavzusida uchrashuv va tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

Tibbiy ko‘rikda tumandagi malakali onkoginekolog, bolalar shifokori va terapevtlar ishtirok etdi.

– Bugungi ko‘rik salomatligimni aniqlash bilan bir qatorda, biz kabi  nuroniy onaxonlarning ko‘nglimizni ham ko‘tardi, – deydi “Mustaqillik” MFY da yashovchi 63 yoshli onaxon Sanobar Ochilova. – Tibbiy ko‘rikda shifokorlar tomonidan qon bosimim yuqori ekani aniqlanib, viloyat kasalxonasiga bepul yo‘llanma berildi.

Ta’kidlash joiz, kun davomida bo‘lib o‘tgan tibbiy ko‘rik davomida 5 nafar bemorga bepul dori-darmon va davolanish uchun yo‘llanma berildi.                                                                                                                                           

Saida UMARALIYEVA,

    O’zLiDeP Jizzax viloyati

                                                                                   matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1314
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+