Prezidentimiz tadbirkorlik va turizmni jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan farmon qabul qildi

13.04.2018, 15:56

Prezidentimiz tadbirkorlik va turizmni  jadal rivojlantirishga xizmat qiladigan farmon qabul qildi

Yurtboshimizning 12 aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tanishgan har bir kishi yuqoridagi fikrimizga amin bo‘ladi. Farmonda bojxona organlari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash, shuningdek, bojxona organlari markaziy va hududiy mahkamalarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, xalqning bojxona organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi islohotlar aniq belgilab berilgan.

Farmonda tadbirkorlik sub’ektlari uchun ham ko‘plab imtiyoz va qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan, bojxona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va texnik vositalarini tatbiq etish hisobiga davlat chegara o‘tkazish punktlarida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirib, bojxona organlariga taqdim etish huquqi berilayotgani tadbirkorlar faoliyatini yanada yengillashtirib, ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etadigan bo‘ldi.

Shuningndek, farmonda bojxona organlari faoliyatini umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida tubdan takomillashtirish tadbirkorlik va turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlari shaffofligini ta’minlash va ulardan erkin foydalanish imkoniyati eksport-import operatsiyalarining mutanosibligiga xizmat qiladi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilashning eng muhim sharti hisoblanadi. 

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur farmon mamlakatimizning tashqi va ichki savdosini rivojlantirish bilan bir qatorda hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashning bosh omilidir.

Solijon MO‘MINOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi raisi

Oliy Majlis senati a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1053
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+