“Sirdaryo” EIZda faoliyat yuritadigan tadbirkor 30 yil soliq imtiyoziga ega bo‘ladi

13.04.2018, 16:30

“Sirdaryo” EIZda faoliyat yuritadigan tadbirkor  30 yil soliq imtiyoziga ega bo‘ladi

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini ta’minlash, shu asnoda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  farmonni imzoladi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyat sanoat salohiyatini rivojlantirish, kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag‘batlantirish, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiyalarni keng jalb etish hamda ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.

Farmonga asosan “Sirdaryo” EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etishi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi hamda  “Sirdaryo” EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari joriy etish kabi imtiyozlar tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ayniqsa, yangi tashkil etilayotgan Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan elektoratimiz vakillari uchun yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinishi ayni muddao bo‘ldi.

Umuman olganda, o‘z vaqtida qabul qilingan mazkur qaror mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, qolaversa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish va rag‘batlantirishning o‘ziga xos mexanizmini joriy etishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Bahodir KENJAYEV,

 Xalq deputatlari

Sirdaryo viloyat Kengashidagi

 O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1276
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+