O‘zLiDeP deputati “Mikrokreditbank” Navoiy viloyat bo‘limi rahbariga so‘rov yubordi

13.04.2018, 17:51

O‘zLiDeP deputati “Mikrokreditbank” Navoiy  viloyat bo‘limi rahbariga so‘rov yubordi

Navoiylik tadbirkor Zarnigor Sultonmurodova faoliyatini kengaytirish uchun “Mikrokreditbank” Navoiy viloyat filialiga kredit so‘rab murojaat qilganiga ancha vaqt bo‘ldi. Ammo hozirga qadar mutasaddi tashkilot rahbarlari uning murojaatini ijobiy hal etgani yo‘q.

–  Kredit olib, 3 ta tikuv mashinasi xarid qilmoqchi edim, – deydi Z.Sultonmurodova. – Lekin bank xodimlarining ishga panja orasidan qarashi natijasida hali ham kredit olganim yo‘q. Bu orada tikuv mashinalarining narxi oshib ketdi. Ayni chog‘da olayotgan kreditim 2 ta tikuv mashinasiga ham yetmaydi.

Tadbirkorning mazkur muammosi O‘zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda muhokama etildi. Masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Zamira Mamatova “Mikrokreditbank” viloyat bo‘limi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborishini ma’lum qildi.

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1775
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+