O‘zLiDeP “Obod qishloq” Dasturi doirasida “Alimardon Diyorov” ko‘chasida 135 metrlik suv quvurini almashtirga ko‘maklashdi

13.04.2018, 18:07

O‘zLiDeP “Obod qishloq” Dasturi doirasida “Alimardon Diyorov” ko‘chasida 135 metrlik suv quvurini almashtirga ko‘maklashdi

“Obod qishloq” loyihasi doirasida Sho‘rchi tuman “Alisher Navoiy” mahallasi, “Alimardon Diyorov” ko‘chasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu ishda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi ham faol ishtirok etmoqda.

– Loyiha dorasida aholini toza ichimlik suvi va oqava suvi  bilan ta’minlash, ichki yo‘llarni asfaltlash kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratilyapti, – deydi Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qurbon Shukurov.   –Jumladan, hududdagi 111 metrlik suv quvuri 135 metrlik yangi suv quvuriga almashtirildi. Endilikda mahalla ahli toza ichimlik suvi muammosidan aziyat chekishmaydi.  

Ta’kidlash kerak, bu kabi obodonlashtirish ishlari vohaning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2542
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Менгбоев Бурон-O'zlideP Шурчи туман Кенгаши раиси2018-04-28 16:07:14

O'zlideP Шурчи туман Кенгаши депутатлик гурухи аъзоси Курбон Шукуров деб гурух аъзоси номи нотугри езилган,аслида депутатлик гурухи аъзоси Бурон Менгбоев булиш керак.


Fikringizni qoldiring

+