O‘zLiDePning oilaviy poliklinikalar bilan hamkorligi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda

16.04.2018, 17:36

O‘zLiDePning oilaviy poliklinikalar bilan hamkorligi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda

O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi shahardagi 6-oilaviy poliklinikada “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” mavzuida  davra suhbati tashkil etdi.

­– Aholi salomatligini mustahkamlash borasida O‘zLiDeP Qarshi shahar Kengashi oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirmoqda, – deydi 6-oilaviy poliklinika shifokori J.Ahmedova. – Mazkur loyihalar onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasallik asoratlarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.  

Tadbirda ona va bola salomatligiga e’tibor qaratish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.  

Tadbir davomida 364 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zLiDeP  Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1674
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+