Prezidentimiz farmoni byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi

16.04.2018, 17:42

Prezidentimiz farmoni byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi

– Korxonamiz asosan erkaklar ko‘ylaklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Zamonviy texnika va texnologiyalarni o‘rnatganmiz. Ayni chog‘da korxonamizda 50 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi. O‘tgan yili mahsulotlarimizni Isroil va Qozog‘iston davlatlariga eksport qildik. Bizga faoliyatimizni yanada kengaytirish uchun Namangan shahridagi “Orzu” kichik sanoat  zonasida yer maydoni ajratishdi. Ayni paytda bu yerda qurilish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida faoltiyamizni yanada kengaytirib, ish o‘rinlari sonini 120 taga yetkazmoqchimiz.

Davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini o‘qib, tadbirkor sifatida ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi. Nega desangiz, mazkur farmon biz – tadbirkorning vaqtini ham naqdini ham tejashga xizmat qiladi. Hozirga qadar amal qilib kelgan tartib-taomillarga ko‘ra, litsenziyalash, ruxsat berish singari jarayonlarga bir necha kun, hatto oylab vaqt ketardi. Hattoki, ba’zi litsenziya hujjatlari bir-birini takrorlardi. Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni bilan 40 dan ortiq litsenziya litsenziya turlari bekor qilindi va soddalashtirildi.  Uzoqni uylab qabul qilingan bu hujjat tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi barobarida, sohada uchrayotgan ayrim byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishda ham muhim omil vazifasini o‘taydi.

  A.QAYuMOV,

Namangan shahridagi

“Porloq tekstil liboslari”

 MChJ rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+