Marhamatda “O‘zLiDeP kutubxonasi – mening nigohimda” PR aksiyasida 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi

16.04.2018, 18:37

Marhamatda “O‘zLiDeP kutubxonasi – mening nigohimda” PR aksiyasida 200 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi

Marhamat qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Mastura Hoshimjonova bolaligidan she’riyat shaydosi. Ayniqsa, hamqishlog‘i Muhammad Yusuf ijodiga mehri baland. Ancha vaqtdan  buyon o‘qishdan ortib, kitob do‘konlari aylanishga vaqt topolmayotgan  Mastura bugungi kitob yarmarkasiga kelib o‘zi sevgan shoirning asarlaridan xarid qildi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan partiya Marhamat tuman Kengashidagi “Yoshlar qanoti” tomonidan “O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasi doirasida tumandagi “Turon” o‘quv markazida tashkil etilgan “O‘zLiDeP kutubxonasi – mening nigohimda” PR aksiyasi Mastura singari ko‘plab kitobxonga katta imkoniyat yaratdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Nozimjon Ergashev va boshqalar Prezidentimizning kitobxonlikni targ‘ib qilishni ilgari surgan Farmoyishi hamda “O‘zLiDeP kutubxonasi” loyihasining mazmun-mohiyati, ma’naviyat, madaniyat, yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik, insoniylik kabi barcha ezgu fazilatlar ildizi kitob mutolaasi bilan tutashib ketganligi xususida atroflicha gapirdilar.

–Aksiya doirasida yoshlarning kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan tashkil topgan kitob yarmarkasi aynan yurtboshimiz ilgari surgan ezgu tashabbusga hamohang bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Dilmurod Sobirov. – Bugun guvohi bo‘ldikki, kitobxon yigit-qizlar safi tobora ortib bormoqda. Ularga esa mana shunday aksiyalar, tadbirlar qanot bo‘lmoqda.

Elyorbek Avulov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1785
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Асакалик УзЛиДеПчи2018-04-21 11:41:23

Бизнинг туманимизда ҳам шундай лойиҳалар амалга оширилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+