2018 yilda Shahrisabzda 201 yangi ish o‘rni yaratiladi
16.04.2018, 18:46

Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2018 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parametrlarini bajarilish ahvolini o‘rganish yuzasidan shahar bandlikka ko‘maklashish markazi boshlig‘i A.Temirovning hisoboti eshitildi.
Hisobotda ta’kidlanganidek, ishsizlik muammosini hal etish borasida Shahrisabz shahar hokimining “2018 yilda aholi bandligi ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra 2411, shundan yangi ish o‘rinlari tashkil etish prognoz parametrlari bo‘yicha 127, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 1140 ta ish o‘rinlarini tashkil etish belgilangan.
– Shuningdek, 2018 yilning yanvar-fevral oylarida 165 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘tgan oylar davomida 201 ta yangi ish o‘rni yaratildi, – deydi A.Temirov o‘z hisobotida. – Bundan tashqari, aholi bandligini ta’minlash dasturiga muvofiq, joriy yil davomida 1140 nafar ishsiz fuqaroni ishga joylashtirdik. Shundan 657 nafari maosh to‘lanadigan jamoat ishlariga, 67 nafari kvotalangan ish o‘rinlariga, 139 nafari kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash hisobiga, 277 nafari esa tashqi mehnat migratsiyasi orqali xorijga ishga joylashtirish hisobiga bandligi ta’minlandi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O’zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDeP deputati Xiva tumanidagi 16-sonli maktabda sport zali va ma’naviyat zali qurish bo‘yicha so‘rov yubordi
15.01.2019, 15:40
-
O‘zLiDeP deputati Sarvontepa mahallasiga yangi transformator o‘rnatishda ko‘maklashdi
15.01.2019, 15:36
-
Oltinko‘llik deputatimiz 3- va 31-umumta’lim maktabining isitish tizimidagi nosozlikni barataraf etishga homiylik qildi
08.01.2019, 17:50
-
O‘zLiDeP deputati ko‘magida 85 xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi
08.01.2019, 17:28
-
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
04.01.2019, 12:30
Bildirilgan fikrlar
Юсупов Нумонжон2018-10-11 14:47:03
Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 сентябрь кунидаги 3939- сонли карори " КАЧОН" Кашкадаре вилоятида уз кучини курсатади.
Юсупов Нумонжон2018-10-11 14:38:09
Шахрисабзда хеч канака ишчи уринлари яратилгани йук. Хаммаси когозда.Агарда 2та3та савдо дукони демасак. Мана 150 иш урни яратиладиган хатто 1 кунлик мехнат килувчи мардикорларни шароити билан уз ичига оладиган 150 ишчи уринига мулжалланган 'Курилиш материаллари ишлаб чикариш ва хизмат кусатиш' кластер тизимида ишлайдиган К.С.З учун туман хокимнинг карори билан ажратиб берилган ер мойдон вилоят хокимлиги комиссияси томонидан 3 йилдан буен тускинлик билан тасдикланмасдан турибди. 3 йилдан буен сарсонмизку 150 ишчи урни яратамиз деб. Елгон хам иви биланда.