Parlament mas’uliyati doirasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash masalalari ham kiritildi

17.04.2018, 09:29

Parlament mas’uliyati doirasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash masalalari ham kiritildi

Joriy yilning 12 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi muhokama etildi va qabul qilindi.

Bunday Qarorning qabul qilinishiga mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularni hayotga tadbiq etishdagi innovatsion yondashuv va ularda parlament ishtiroki hamda mas’uliyatini belgilash asos bo‘ldi.

2018 yil Prezidentimiz taklifiga asosan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi va yil dasturi qabul qilindi. Dasturdagi har bir chora-tadbir innovatsion ruhda ishlab chiqilgan, desak xato bo‘lmaydi. Jumladan,

- Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish;

- “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish kabi muhim tadbirlar belgilangan.

Hozirgi kunda ushbu dasturda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha izchillik bilan ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu jarayonlarda parlament alohida o‘rin tutadi.

2018 yilning fevral oyida Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov rahbarligidagi delegatsiyamiz Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif doirasida imzolangan xujjatlar va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha 11 banddan iborat amaliy harakatlar rejasi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ushbu “Yo‘l xaritasi”ning 9-bandida parlament mas’uliyati doirasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash masalalarini ham kiritish belgilangan.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy soha barcha tarmoqlarining jadal innovatsion rivojlanishini ta’minlash, jahon ilm-fanining zamonaviy yutuqlarini, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish sohasida parlament faoliyatining samaradorligini oshirish, uning mazkur sohasidagi qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va boshqa faoliyatini takomillashtirish belgilab qo‘yildi.

Unga asosan, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining nomi uning mas’ul bo‘lgan sohasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini ta’minlash, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari qo‘shimcha ravishda kiritilgan holda “Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi” deb o‘zgartirish belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Qaror loyihasida bir qator normativ  xuquqiy xujjatlarga, jumladan,

1) Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2005 yil 28 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ga;

2) Qonunchilik palatasining 2015 yil 12 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ro‘yxatini tasdiqlash, qo‘mitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhi o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida (yaxlit qaror)”gi Qaroriga;

3) Qonunchilik palatasining 2015 yil 12 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining raislarini saylash to‘g‘risida”gi Qaroriga;

4) Qonunchilik palatasining 2015 yil 5 fevralda qabul qilingan “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasini saylash to‘g‘risida”gi Qaroriga;

5) Qonunchilik palatasining 2018 yil 22 yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yilga mo‘ljallangan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari”ga qo‘mita nomini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli o‘zgartirishlar kiritish belgilanmoqda.

Shuningdek, “Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi”ga yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini shakllantirish, monitoring qilish va bu boradagi huquqiy asoslarni ta’minlash kabi dolzar vazifalar yuklatildi.

Qo‘mita mas’ul bo‘lgan soha kengayganini hisobga olgan holda, Qo‘mitaning 2018 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga mamlakatning innovatsion rivojlanishini, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar bilan to‘ldirish borasida tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish vazifalari yuklatildi.

 Shuxrat ShARAFUTDINOV

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+