O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan “Ko‘tarma” mahallasidagi 1 kilometr yo‘l qayta ta’mirlandi

17.04.2018, 18:23

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan “Ko‘tarma” mahallasidagi 1 kilometr yo‘l qayta ta’mirlandi

O‘zLiDePdan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashiga saylangan deputat Ra’no Karimova tashabbusi bilan “Ko‘tarma” mahallasi 181 sonli umumta’lim maktabi va “Nurafshon” nomli maktabgacha ta’lim muassasasiga boruvchi 1000 metrli yo‘l qayta ta’mirlandi.

Deputatimiz fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davomida ham ular tomonidan bildirilgan murojaatlarga doimiy e’tibor bilan qaraydi. Bevosita R.Karimova sa’y-harakati bilan “Ko‘tarma” mahallasida mashinalar to‘xtash turargohi qurib, foydalanishga topshirildi.  

– Extiyojmand oila bo‘lganligim sababli 6 yil avval menga tuman hokimligi tomonidan 2 xonali kvartira berilgan edi, – deydi “Ko‘tarma” mahallasi 22 uy 16 xonadonda istiqomat qilib kelayotgan Nozima Qo‘chqorova. – Ammo, bugungi kunga qadar yashab turgan uyimni o‘z nomimga o‘tkazishda turli to‘siqlarga uchrayotgandim. Shu sababli Ra’no Karimovaga yordam so‘rab murojaat qilgan edim. Deputat mening murojaatim bo‘yicha mutasaddi idoralarga murojaat qildi va yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib bordi. Hozirda mahallamizdagi 16 uyni o‘z nomimga rasmiylashtirib oldim.   

 M.O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Nasriddinov Shohboz 2018-04-24 21:46:43

Hozirda Toshkent shahar tuman kengashlariga saylangan deyarli barcha deputatlarimiz Ra'no Karimova singari kòplab amaliy ishlarni bajarib kelmoqda, ularning qilayotgan ishlari zamerida xalqimiz farivonligi hayot kechirishga yordamlashish yotadi. Bu ishlardan hamma minnaddor.


Fikringizni qoldiring

+