O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” investor va tadbirkorlar hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib boryapti

17.04.2018, 18:26

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” investor va tadbirkorlar hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib boryapti

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, partiya Toshkent shahar va Toshkent viloyati Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘lim mudirlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda partiya “Ayollar qanoti” faoliyatini yanada rivojlantirish  borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan  ishlar haqida so‘z yuritildi.

– Partiyamiz xotin-qizlarning nafaqat ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, balki tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan ayollarga ham yaqindan ko‘maklashib kelmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Gulshana Xudayarova. – Ammo kredit olib, tadbirkorlikni boshlashga qiynalib yurgan ayollarimiz ko‘p. Shu bois bugun joylarda aholi bilan bo‘layotgan yuzma-yuz muloqotlar davomida o‘z biznesini boshlash niyatida yurgan ayollarimizni aniqlab, ularga zarur ko‘rsatmalar berib kelyapmiz.

– Ko‘pchilik tadbirkorlikni boshlash uchun katta mablag‘ kerak, deb hisoblaydi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odina Jamoldinova.  – Lekin shunday biznes turlari borki, ularga kam mablag‘ sarflanadi ammo katta daromad olinadi. Bo‘lim ana shu jihatlarni inobatga olgan holda, viloyatda rivojlanayotgan biznes turini aniqlab, trening o‘tkazishi kerak. Masalan, Buxoroda turizm yo‘nalishida yangi loyihalarni hayotga tatbiq etsa, yaxshi natijaga erishiladi.    

– Hozirgi kunda tadbirkor ayollarning asosiy muammolaridan biri kredit olish uchun garov masalasidir, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilnoza Abdullajonova. – Bu muammoni hal qilish maqsadida investorlar ishtirokida eng yaxshi loyiha ko‘rik tanlovini uyushtirish hamda g‘oliblarni investorlar bilan hamkorlikda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlarida ko‘maklashish lozim. Loyihalar aholi bandligini ta’minlashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.   

Yig‘ilishda partiya “Ayollar qanoti” bo‘limi faoliyatini kuychatirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Чилонзор туман Кенгаши2018-04-18 13:33:29

Белгиланган вазифалар кўрсатилган бўлганида, туманларга хам тушинарли бўларди.


Norsuluv2018-04-18 10:33:03

Ҳозирги кунда тадбиркор аёлларнинг асосий муаммоларидан бири кредит олиш учун гаров масаласидир. Ушбу лойихада тадбиркорликни янгидан бошламокчи булган аёлларга чет елдан олиб келинадиган ускуналарни узини гаровга куйиш эвазига кредитлар ажратилса максадга мувофик буларди.


Fikringizni qoldiring

+