Uzbekistan24.uz: O‘zLiDeP e’tiborida nodavlat ta’lim muassasalari (video)

10.10.2017, 14:20

Uzbekistan24.uz: O‘zLiDeP e’tiborida nodavlat ta’lim muassasalari (video)

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Prezidentimizning 2017 yil 15 sentyabrda qabul qilingan “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, bu borada partiya oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, ta’lim sifatini tubdan oshirish, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishni hamda yoshlarga ta’lim berishni yangi sifat darajasiga ko‘tarish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. Qolaversa, mazkur masala bevosita partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga ham hamohangdir. Binobarin, dasturda maktabgacha va oliy ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ko‘maklashish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasini xususiy sektordagi ulushini kengaytirish shular jumlasidandir.

Davra suhbatida ishtirokchilar ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda mamlakatimizda nodavlat ta’lim muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Davra suhbati qatnashchilari Prezidentimizning “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyatini partiya elektoratiga yetkazish va joylarda ijrosini ta’minlash yuzasidan ham fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari yurtimizda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilinganligini ham alohida qayd etishdi. Unga ko‘ra davlat-xususiy sheriklik mexanizmi zamonaviy va hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni 50 yil muddatga beg‘araz ajratilib, soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.

Amaliy muloqotlarga boy bo‘lgan tadbirda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatidagi dolzarb masalalar, maktabgacha ta’limning xususiy sektoridagi muammolari hamda mazkur soha faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokama etildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

Davra suhbati yakunida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan qarorning joylarda ijrosini ta’minlash, sohani yanada rivojlantirishda tadbirkor va ishbilarmonlarning ulushini oshirish, eng asosiysi ta’lim tizimini davr talablaridan kelib chiqib, yangi bosqichga olib chiqishda O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining faolligini oshirish, qat’iy, ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatish borasida alohida chora-tadbirlar belgilab olindi.


 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2712
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sarvinoz2021-06-26 14:05:50

Imtihon qaytarizda bôladi


Ziyoda2021-05-23 11:43:13

zor manam Topwrmoqchiman ballar kontrakt haqda toliq malumot berila


Behruz2020-11-09 19:37:47

Instutga kirmoqchiman toshkentni qayerida qanaqa xujjat kerak iltimos javobini ayting


Zuhra2020-10-16 08:53:39

Salom qabul qachongacha boladi


Nargiza2020-07-10 07:23:06

Bu universet ochildimi hozir qabul bolyaptimi wuni anigʻini aytvoringlar 99-322-99-25 wu nomerga iltimos


Muhammadinova Dono2020-07-07 15:39:46

Toshkent shaharida bu universitet ochilishi biz uchun qulay bõldi. Maktabgacha bõlgan muassasalarda va maktabda õz kaspini sevib ishlaydigan pedagok kadrlar kerakligi muhim deb õylayman va shu universitet talabasi bõlish niyatim bor. Bu universitetga qachon, qaysi payt, nechanchi sanadan va nechanchi sanagacha hujjat topshrish mumkunligini tõliq malumot bersangiz. Puchon universiteti shaharning qaysi tumanida joylashkan bõladi õz binosiga egami ? Iloji bõlsa manzilini kõrsatsangiz. 07.07.2020 +998909511828


Shaxzod2020-06-21 08:50:08

Salom inustut kirish ballarini qanaqb bilasam boladi chalgʻib qoldm


Maftuna2020-05-21 18:11:43

Qabul 2020 yildan boshlanadimi iltimos shular haqida toliqroq malumot bersangiz


Шодия2020-05-04 13:01:47

Ассалом алақкум ҳужжатлар қачон қабул қилинади ?кантракт нархлари ҳақида маълумот берсангиз.


Raxmatalieva2020-02-25 16:34:45

Assalomu aleykum . Puchon unversitetini kontrakti qancha .


Fikringizni qoldiring

+