O‘zLiDeP 25 nafar xotin-qizni saratonga qarshi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

18.04.2018, 11:33

O‘zLiDeP 25 nafar xotin-qizni saratonga  qarshi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tumandagi 2 sonli oilaviy poliklinikada tashkil etilgan tadbir Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosiga bag‘ishlandi.

Tadbirda asosan mahalladagi xotin-qizlarimizga yuqorida qayd etilgan mazkur qarorning ahamiyati, mazmun-mohiyati, ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari va salbiy jihatlari bo‘yicha tibbiyot sohasi xodimlari kengroq ma’lumotlar berib o‘tdi.

– Afsuski, xotin-qizlar orasida saraton kasalligi bilan og‘riganlar soni ko‘payib bormoqda, – deydi Qo‘ng‘irot tumani 2 oilaviy poliklinika onkolog shifokori G.Nizanova. – Ilgari ushbu kasallik bilan keksa yoshdagi ayollar og‘rigan bo‘lsa, bugungi kunda saraton yosh qizlarimiz o‘rtasida ham uchrab turibdi. Kasallik ayollardagi gormonal o‘zgarishlar va kamqonlik oqibatida ham kelib chiqadi. Shuning uchun har 6 oyda oilaviy poliklinikadan muntazam tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi kerak.

Tadbir davomida 25 nafar xotin-qiz saratonga qarshi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+