O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Obihayot”liklarning o‘n to‘rt yillik orzusi ushaldi

19.04.2018, 11:06

O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Obihayot”liklarning  o‘n to‘rt yillik orzusi ushaldi

Buloqboshi tumanidagi Boymahalla mahallasining Obihayot hamda Oltin meros ko‘chalari orasidagi masofa 3 kilometrni tashkil qiladi. Ikki ko‘cha aholisini ham ichimlik suvi tanqisligi qiynaydi. Demak, imkon qadar oraliq masofada muammoni hal etish zarur.

5-Boymahalla saylov okrugidan saylangan O‘zLiDeP deputati Olimjon Matg‘oziyev aholi vakillari murojaatini atroflicha o‘rgandi. Joriy yilning aprel oyi boshidayoq sektor rahbari -tuman prokuroriga deputatlik so‘rovini yo‘lladi. Ezgu ish uchun harakat tez boshlandi. Mahalliy budjetdan ajratilgan 89 million so‘m mablag‘ hisobiga hududga 3 kilometrlik polietilen quvurlar keltirilib, qazish ishlari yakunlandi. Ayni chog‘da quvur yotqizilib, aholi uzoq yillar qiynalgan muammosidan xalos bo‘ldi.

–“Boymaxalla” mahallasidagi Obihayot ko‘chasi barpo bo‘lganiga o‘n to‘rt yildan ziyod vaqt bo‘ldi, – deydi ko‘chaboshi Qaxramon Pozilov. – Ammo ayni kunga qadar xonadonlar toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagani bois uzoq masofadan ichimlik suvi tashib kelardik. O‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatimiz muammoimizni sektor rahbari orqali tez fursatda hal qilishga ko‘maklashdi.

Mirzoxid PARPIYEV,

O‘zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мохира Отамуродова Марказий шифохона БПТ раиси БПТ 2018-04-24 16:52:57

Боёвут туман Кенгашидан сайланган депутатларимиз ҳалқ ишончини оқлашда сидқи дилдан иш олиб бормоқда. Марказий шифохонанинг тоза ичимлик суви ва канализацияси муаммоси туман Кенгаши депутати С.Қорабоева томонидан ижобий хал этилди. Туман Кенгаши депутати М.Дадаева томонидан Марказий шифохона хамшираси Пирназаровнинг 3 йил мабойнида фарзандини мактабгача таълим муассасасига жойлаштиришдаги муаммоси хал этилиб амалий ёрдам кўрсатилди. Бек Парвози МЧЖнинг рахбари Д.Авазовга 20млн кредит олишдаги муаммоси вилоят Ҳалқ банки томонидан депутат аралашуви орқали хал этилди. Бугунги кунда ЎзЛиДеП депутатларига сайловчилар ишончи ортмоқда.


Неъмат Мирзаев2018-04-21 11:43:24

Ичимлик суви муаммоси билан барча туман депутатлари шуғуллансин. Сув-оби ҳаёт, қадрига етайлик.


Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи коти, Қ.Эшқораева2018-04-20 13:44:24

Депутатларнинг аҳоли муаммоларини ижобий ечим топишидаги фидоийлик билан хизмат қилиши халқ ишончини янада ортишига сабаб бўлади. Депутат халқнинг энг ишончли вакили. Зеро депутат ваколати доирасида ўз сайловчисининг фаровон ҳаёт кечиришига озгина бўлса ҳам ўз ҳиссасини қўшдими демак виждонан ишламоқда!


Fikringizni qoldiring

+