O‘zLiDeP ko‘magi bilan Marhamat va Buloqboshi aholisi tomorqasidan unumli foydanishni o‘rganyapti

19.04.2018, 18:16

O‘zLiDeP ko‘magi bilan Marhamat va Buloqboshi aholisi tomorqasidan unumli foydanishni o‘rganyapti

Marhamat tumani G‘.G‘ulom mahallasida yashovchi Muqaddamxon Xolboyeva 2 sotixli tomorqasidan yaxshi daromad olmayotgan edi. Kuni-kecha M.Xolboyevaga O‘zLiDeP tuman Kengashi tomonidan 200 tup pomidor, 60 tup bulg‘or qalampiri, 40 tup karam, 10 tup baqlajon va 6 tup qalampir ko‘chatlari olib berdi.

–Ochig‘i, xonadonimizga partiya faollarinng tashrifidan quvondik, – deydi u. – Boshlang‘ich partiya tashkiloti menga tomorqamda unumli foydalanishni o‘rgatyapti. Partiya xodimlari ko‘chatlarni parvarishlashda ham mening eng yaqin maslahatchimga aylanishgan.

Ta’kidlash kerak, “O‘zLiDeP o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bunday sa’y-harakat doirasida G‘.G‘ulom mahallasidagi yigirmaga yaqin xonadon egalariga poliz vaa meva-sabzavot nihollari tarqatildi.

O‘zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi ham aholini tomarqasidan unumli foydalanishga yaqindan ko‘maklashib kelayotir. Ana shu ko‘mak natijasida buloqboshilik Usmonali Tillayev 1 sotix maydonda issiqxona tashkil etdi. Issiqxonada ekilgan pomidor ko‘chatlari allaqchon hosilga kirgan.

– Partiya ko‘magida 3 sotix yerda sarimsoq-piyoz yetishtirishni yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi Abdumajid Xoldarov. – Har yili 2-3 million daromad olaman. Shu bois tomarqamning qolgan 3 sotixida ham issiqxona tashkil qilmoqchiman.

                                                                           Abror XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

AN 07-18 Қумариқ МФЙ қошидаги БПТ2018-04-24 15:31:19

Амалий ишларни жонлантириш керак.“O‘zLiDeP ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойихасида бошланган ишларни довом эттириш керак.Масалан 3 сотих ерга иссиххона ташкил қилиниб унга қиш кунлари саримсақ пиёз экилиб дарамод олинса ундан кейин феврал ойларида помидор экилса яқин кунларда унинг даромади хам ўз киссасига тушади ва ердан унумли фойдаланилади .


Ўзбекистон тумани Эски яйпан МФЙ БПТ 2018-04-20 16:30:57

“O‘zLiDeP ўз томорқасида фаолият бошлаганларга кўмакдош” лойиҳаси доирасида амалга оширилган бундай саъй-ҳаракат доирасида кам таъминланган оилалар ишли ва томорыадан фойдалани ўрганишмоқда. бундай ишларни доим амалга ошириш керак.


Fikringizni qoldiring

+