O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 40 ta deputat so‘rovi yuborildi

19.04.2018, 18:47

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 40 ta deputat so‘rovi yuborildi

Joriy yilning 17 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan brifing o‘tkazildi. Unda fraksiyaning 2018 yil birinchi choragidagi faoliyati yuzasidan matbuot va OAV xodimlariga axborot berildi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar fraksiya faoliyatiga zamonaviy yondoshuvlarni olib kirdi. Unga muvofiq fraksiya a’zolari ish rejasini takomillashtirish bilan birga fraksiyaning pozitsiyalarini ishlab chiqish mexanizmlariga ham katta e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, 2018 yil birinchi choragi davomida fraksiya a’zolari 8 ta qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilishida ishtirok etdilar.

Shuningdek, fraksiya tomonidan ijtimoiy-siyosiy hayotimizda olib borilayotgan tizimli ishlar yuzasidan eshituvlar ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, jumladan xorijga chiqish tartibini shaffofligini ta’minlash hamda xorijdan ishlab qaytgan fuqarolarni bandligiga ko‘maklashish samaradorligini tubdan oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi axboroti fraksiya yig‘ilishida eshitildi. Bu kabi omillar sohaning yanada taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilishda Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli ekanligi aytib o‘tildi. Shu bois, 2018 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga jami 40 ta deputat so‘rovi yuborildi. Deputat so‘rovi yuborilgan ayrim vazirliklardan ko‘tarilgan masala yuzasidan ijobiy javoblar olindi, lekin ayrim deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilmagan holatlar ham bo‘ldi.

Brifingda fraksiya a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1213
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиби Қ.Эшқораева2018-04-20 17:05:58

Мен ўйлайманки сўнги вақтларда депутатлар фаолиятида жонланиш жуда ҳам кўзга ташланмоқда. Бу ўз навбатида халқ ноибларига ўз сайловчилари ишончини янада ортишига сабаб бўлмоқда. Депутат сўровига жавоб бермаслик бу ҳурматли Президентимиз Ш.Мирзиёев таъбири билан айтганда халққа беписандликдир.


Фарход2018-04-20 17:05:33

Корхона ташкилотлар билан алоқани яхши ўрнатиб олсак депутат сўровларига тўлиқ жавоблар берилади фақат назоратни кўчайтиришимиз керак деб ўйлайман


Абдуллаев Эркин Эргашевич2018-04-20 16:04:48

Тўғри айрим холларда махаллий Кенгаш депутатларининг хам сўровларига ўз вақтида жавоб берилмайди. Аммо махаллий Кенгаш депутатининг сўровига жавоб берилмаган тақдирда, сўров Олий мажлис қонунчилик палатаси депутати номидан чиқарилса ушбу муаммо хал этилиши мумкин. Шу сабабли Олий мажлис қонунчилик палатаси депутати ўз худудидаги вилоят ва туман Кенгашлари депутатлари билан тўғридан тўғри алоқаларини йўлга қўйиш зарур деб хисоблайман.


Xislat Zayniddinov2018-04-20 15:25:18

Махаллий Кенгашлардаги депутатларнинг хам депутатлик суровларига уз вактида жавоблар берилмайди. Депутатлик суровларига уз вактида жавоб беришда таъсир чораларни ошириш керакдир балким.


Fikringizni qoldiring

+