Kun.uz: Iqtisodiyotni liberallashtirishda prinsipial muhim qadam

09.09.2017, 14:34

Kun.uz: Iqtisodiyotni liberallashtirishda prinsipial muhim qadam

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, qolaversa, milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini yanada oshirish zarurati mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, institutsional va tarkibiy yangilanishlarni davom ettirishni taqozo etmoqda. Shu ma`noda davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi bu borada muhim qadam bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi, deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Yakubov.

Mamlakatning keyingi besh yillik istiqboli aks etgan mazkur strategiyada belgilangan vazifalar bugun amaliyotda o'z isbotini topmoqda. Ayniqsa uning iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlangan uchinchi yo'nalishida ko'rsatilgan chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta`minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kabi ustuvor vazifalarga e`tibor qaratilgan. Shu ma`noda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmon aynan ushbu dolzarb vazifalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi, desak sira mubolag'a bo'lmaydi.

Ma`lumki, xoh u qaror bo'lsin yoki farmon uning qabul qilinishi zamirida muhim hayotiy zarurat yotadi. Ta`kidlash joizki, erkin konvertatsiyaning mavjud emasligi mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga salbiy ta`sir ko'rsatayotgan omillardan hisoblanardi. Qolaversa, bozor talablariga mos kelmaydigan valyuta siyosati eksportchilar faoliyatiga to'sqinlik qilib, davlatning eksportga yo'naltirilgan korxonalarni qo'llab-quvvatlash siyosatining samaradorligini ham birmuncha pasaytirar edi. Xususan, partiya tomonidan o'tkazilgan qator tadbirlarda tadbirkorlar ushbu og'riqli masalaga to'xtalib,  valyuta muomalasiga haddan tashqari ma`muriy aralashuv mavjudligi, buning oqibatida alohida tarmoqlar va xo'jalik yurituvchi sub`yektlar uchun berilayotgan asosiy imtiyoz va preferensiyalarning kam samarali tizimi shakllanganini qayd etib kelishayotgan edi.

Buning natijasida mamlakatda biznes yuritish borasida teng bo'lmagan shart-sharoitlar vujudga keldi, raqobat tamoyillarining buzilishi kabi holatlar kuzatildi. Bu xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tovar va xizmatlar eksporti, umuman mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga o'z ta`sirini ko'rsatmasdan qolmadi, albatta.

Mazkur yo'nalishda ko'zga tashlangan shu va boshqa kamchiliklar ilg'or xorij tajribasini o'rgangan holda mamlakatimizda valyuta siyosatini qayta ko'rib chiqish va shu asosda sohani liberallashtirishni taqozo etdi. 

Shu ma`noda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonning imzolanishi mamlakatimiz tadbirkorlari va ishbilarmonlari tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilindi. Boisi, ular bu valyuta siyosatini liberallashtirishga qaratilgan islohotni orziqib kutishgan edi. Zero, ushbu hujjat biznes uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi va xo'jalik yuritish sharoitlarini tubdan o'zgartirishga qaratilganligi bilan g'oyat ahamiyatlidir.

O‘zLiDePning fikricha, Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlar mamlakat eksport salohiyatini oshirishga, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga, ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorda raqobatdoshligini oshirishga, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga imkon beradi. Eng muhimi, Farmonda belgilangan normalar ijrosi valyuta bozorida barcha xo'jalik yurituvchi sub`yektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratadi.

Partiya mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish borasida boshlangan yangicha islohotlarga milliy valyutamizning barqarorligini ta`minlash, yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, aholi bandligini ta`minlash va turmush darajasini oshirish yo'lida qo'yilgan muhim qadam sifatida qaraydi. Haqiqatan ham “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmonning imzolanishi valyuta bozori liberallashuvi sohasida keng miqyosli islohotlarning yangi davrini boshlab berdi.

Aytish joizki, ushbu Farmon nafaqat  valyuta siyosatini shakllantirishning yangi tamoyillarini joriy qilish, balki aholi ijtimoiy himoyasini ta`minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ham nazarda tutadi. Pirovardida, valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha o'zaro bog'liq chora-tadbirlar mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, real mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, tarmoqlarning rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratadi, bu esa aholi farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

“Shu munosabat bilan, partiyamizning barcha faollari va xayrixohlari nomidan qayd etamizki, O‘zLiDeP valyuta siyosatini  liberallashtirish sari qo'yilgan muhim qadamni nafaqat to'liq qo'llab-quvvatlaydi, balki barcha sa`y-harakatlarini ushbu huquqiy hujjatning so'zsiz ro'yobga chiqishiga amaliy jihatdan ko'maklashishga qaratadi. 

Muxtasar aytganda, birinchidan, davlat rahbarining mazkur Farmoni ijrosi ustidan qat`iy deputatlik nazoratini o'rnatishni muhim deb bilamiz. Ikkinchidan, O‘zLiDeP fraksiyasi O'zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to'g'risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan o'tkazishda faol ishtirok etadi. Bu bilan partiya ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, yangi ish o'rinlari yaratish va yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishni rag'batlantirishga oz bo'lsada o'z hissasini qo'shadi”, - deydi Yakubov.

O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3804
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шовот туман Кенгаши ходими2018-07-23 12:17:36

Қарор мамлакатимизда экологик тоза ишлаб чиқариш жараёнини тадбиқ этиш, қишлоқ хўжалик маҳсулотларини янги навларини яратиш, хизмат кўрсатиш ва шу каби иқтисодиётимизнинг кўплаб йўналишларида фаолият юритаётган илм-фан ходимларини ҳам моддий ҳам маънавий жиҳатдан қўллаб-қувватлаш орқали янги тадқиқотларни молиялаштириш, энг асосийси уларни ҳаётга тадбиқ этиш жараёнини аниқ механизмларини белгилаб берди.


Олим Норжигитов, Жиззах вилояти 2018-07-21 19:01:22

Президентимизнинг “Илмий ва илмий-техникавий фаолият натижаларини тижоратлаштириш самарадорлигини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарор маҳаллий инновацион лойиҳалар ҳамда ишланмаларни ҳаётга жадал жорий этилишини таъминлайди, мамлакат иқтисодиётининг рақобатбардошлигини кучайтиришда илм-фан ҳиссасини янада оширади.


O‘zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг 1-ўринбосари - аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-18 10:53:49

Ушбу қарор асосида инновацион лойиҳалар, илмий асосланган ғоялар - илм-фан ходимлари томонидан ишлаб чиқаришни янада ривожлантиришга хизмат қилиши билан бирга ижодкор олимларни ҳам моддий ҳам маънавий жиҳатдан қўллаб-қувватлайди.


Носирова Шоира Навоий вилояти туман Кенгаши депутати2018-07-17 23:30:13

Ушбу ҳаётий қарор мамлакатимизда таълим ва ишлаб чиқариш интеграциясини замон талаби даражасида ривожлантириб, ижодкор олимларни ишларини рағбатлантиради.


Fikringizni qoldiring

+