Sahro bag‘ridagi mo‘jiza

20.04.2018, 17:10

Sahro bag‘ridagi mo‘jiza

deya haqqoniy e’tirof etilayotgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekistonga faqat tabiiy xomashyo bilan cheklanib qolmay, uni chuqur qayta ishlash borasida ham katta imkoniyat yaratadi. 

Markaziy Osiyodagi foydali qazilma boyliklarining uchdan bir qismi joylashgan mamlakatimizda keyingi yillarda tabiatning beminnat ne’matlari bo‘lgan, yer usti va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish borasida juda katta ishlar olib borilayapti. Ayniqsa energetika sohasini, jumladan, neft va gaz sanoatini tubdan rivojlantirish bo‘yicha strategik yangilanishlar amalga oshirilayotgani sir emas.

Buxoroda qad rostlagan, sahro bag‘ridagi haqiqiy mo‘‘jiza Qandim gazni qayta ishlash zavodi ana shunday islohotlarning amaliy natijasidir. Endilikda bu yerda yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash, tozalangan tovarbop gaz hamda 130 ming tonnadan ziyod barqaror gaz kondensatini olish  mumkin. Eng asosiysi bu bilan ikki yilda 2000 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilmoqda.

Partiyamiz o‘zining iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor islohotlarini chuqurlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur majmuanining ishga tushirilishini mamlakatimizda investitsion muhitni yaxshilash, O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan neft-gaz sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali sanoatning ko‘p mehnat talab qilinadigan qayta ishlovchi tarmoqlariga investitsiyalar kiritishning yorqin namunasi sifatida baholaydi. Biz iqtisodiyotda tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, mineral va qishloq xo‘jaligi xomashyosini to‘liq qayta ishlaydigan korxonalar katta ulushga ega bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Qolaversa, biz Qandim gazni qayta ishlash majmuasi kabi yirik korxonalarning ishga tushirilishini eng avvalo mamlakatimiz chekka hududlarining ham investitsion jozibadorligini oshirish, yirik ishlab chiqarishlar atrofida sanoat-ishlab chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini faol jalb qilishga xizmat qiladigan juda katta imkoniyat deb bilamiz.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jahon miqyosida vaqti-vaqti bilan takrorlanayotgan global iqtisodiy inqirozlar sabablarini tahlil qilish asnosida xulosa chiqargan ayrim olimlarning fikricha, halokatli inqirozdan chiqish yo‘lini topishning muhim yo‘llaridan biri avvalo  zamonaviy texnologiyalarning prinsipial jihatdan yangi avlodini o‘zlashtirish va uni iqtisodiyotning eng ilg‘or tarmoqlariga yo‘naltirish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Shu ma’noda Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishi O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirishda yangi, innovatsion bosqichni boshlab berdi. Bu esa avvalo mamlakatimizning xalqro miqyosidagi nufuzini oshirib, xalqimiz farovonligi yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Farmon AMINOV, 

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2866
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Мавжуда Рашидова2018-04-25 10:27:22

Саксовуллар ўсаётган чексиз саҳро бағрида Қандим газни қайта ишлаб чиқариш мажмуаси муҳтарам Президентимиз ташаббуси билан қад кўтарди. Мажмуанинг очилиш маросимини қайта-қайта кўрар эканман, вилоятимизда шундай улкан иншоотнинг қисқа муддатларда қурилиб ишга туширилганлигидан фахрланиб кетдим. Президентимизга, ҳамкор ташкилотларга, меҳнаткаш халқимизга тасанно. Мамлакатимизнинг иқтисодий салоҳияти янада қудратли бўлсин.


тумангаз корхонаси БПТ риси Омонов Бахтиёр 2018-04-24 18:37:09

Бу килинаётган ишларнинг хаммаси халкимизни уйлаб килинаётганлигидан яккол далолат беради.


Otabek Sattarov2018-04-24 16:52:34

Yangilanishlar yaxshi biz bundanda ko'prog'ini qilamiz !!!! Albatta O'zLiDep bilan birga


З.Аслонова2018-04-23 17:47:15

Давлатимиз раҳбарининг Қандим газни қайта ишлаш мажмуасининг ишга тушурилишига бағишланган тантанали маросимдаги нутқида Россиянинг етакчи энергетика компаниялари ва банклари билан шерикликда ҳамкорлигимизнинг локомативига айланган нефт-газ соҳасида йирик лойиҳаларни амалга ошираётганимиз ва бу эндиликда ўз самарасини бераётгани алоҳида таъкидланганлиги бежиз эмас. Дарҳақиқат, мажмуанинг фойдаланишга топширилиши йилига 8 миллиард куб метрдан ортиқ табиий газни қазиб олиш ва уни қайта ишлаш, тозаланган товарбоп газ ҳамда 130 минг тоннадан зиёд барқарор газ конденсатини олиш имконини бериши билан аҳамиятлидир.


Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб Қ.Эшқораева2018-04-20 17:29:09

Қандим газни қайта ишлаш мажмуасининг ишга туширилиши бу ажойиб ходиса бўлипти. Ўзбекистоннинг кўп чекка ҳудудларида газ етишмовчилиги муаммоси мавжудлиги ҳаммамизга маълум. Масалан Учқудуқ тумани. Куни кеча O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи йиғилишида ҳам айнан шу масала Учқудуқ туман тадбиркорларининг энг оғриқли нуқталаридан бири эканлиги алоҳида таъкидлаб ўтилди. Депутатлик гуруҳи аъзолари бу муаммо кўп йиллардан буён ўз ечимини топмаётганлиги учун туман ҳокимлиги билан ҳамкорликда ушбу масала ечимига бу сафар вилоят, Республика даражасида ечим топишида бор куч-ғайратини ишга солишга келишиб олинди.


Фарғона шахар Фаргона шахар Кенгаши БПТ 2018-04-20 17:23:47

Қандим газни қайта ишлаш мажмуасининг ишга туширилиши 2000 ишчи ўрни яратилиши 2000 оилани дастурхонинин тўкин бўлишига оиланинг тинчлигининг барқарор бўлишлигига заминдир.


Fikringizni qoldiring

+