O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

20.04.2018, 17:35

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi tanqidiy ruhda o‘tdi

Andijon viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida O‘zLiDeP viloyat Kengashining 1-chorakka belgilangan reja-topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi hamda partiya tuman (shahar) Kengashlarining uch oylik hisoboti muhokama qilindi.

– 1-chorak davomida xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan ijro organlarining mansabdor shaxslariga jami 41 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan, – deydi Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Abdurauf Abdullayev. – Biroq ularning 25 tasigagina javob olingan, xolos. Qolganlari ayni vaqtda nazoratga olinib, ijrosi ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan uch oy davomida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari hamda boshqa o‘rinbosarlari, viloyat moliya bosh boshqarmasi va Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlarining deputatlik so‘rovlari yuzasidan axboroti eshitilgani faoliyatimizda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zLiDeP viloyat, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, foydalanilmay qolgan imkoniyatlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. Ish faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan partiya tuman Kengashi mas’ullariga ogohlantirish berildi.

– “Obod qishloq” dasturi doirasida tumanimizda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi, – deydi partiya Shahrixon tuman Kengashi apparat rahbari Ulug‘bek Asranov. – Biroq mehnat faoliyatimizni to‘g‘ri tashkil qilmaganimiz, mavjud kamchiliklarni vaqtida bartaraf etmaganimiz yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan tanqid qilindi. Endi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni imkon qadar tezroq hal etishga harakat qilamiz.

Yig‘ilish tahliliy-tanqidiy ruhda, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Nozimjon ERGASHEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1155
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Хасанов Абдулазиз2018-05-02 11:02:11

O'ZliDeP Избоскан туман Кенгаши томонидан 1-чорак давомида бир қанча ишларни амалга оширдик, лекин камчиликларимиз хали талайгина. камчиликларни бартараф этиб бориш учун бундай йиғилишлар туртки бўлди десам адашмаган бўламан .


AN 07-252018-04-24 10:43:10

Биринчи чорак давомида қилмаган ишларимизни билиб олдик кейинги чорак довомида барча қилмаган ишларимизни етказиб олишликка келишиб олдик.Кейинги чорак давомида қаттий ишлашга астойдил харакат қиламиз.


Qosim shokirov2018-04-21 11:38:52

Yig'ilish juda mazmunli tashkil etildi. Har chorakda qilib turish kerak. Faollarni yo'nalishlar bo'yicha rag'batlantirishni taklif etaman.


Fikringizni qoldiring

+