Buvi nogiron nabirasini ko‘chada qoldirdi, O‘zLiDeP deputati esa unga boshpana olib berishda ko‘maklashdi

20.04.2018, 18:55

Buvi nogiron nabirasini ko‘chada qoldirdi, O‘zLiDeP deputati esa unga boshpana olib berishda ko‘maklashdi

Ismoil bolalikdan 1-guruh nogironi. U buvisi Sanobar xola bilan birga yashardi. Davlat berayotgan nogironlik nafaqasiga kun kechirishardi. Ammo Ismoilning buvisi tadbirkor Zarifa bilan tanishdi-yu, mo‘may pul topish haqida o‘ylab qoldi Nevarasining ruxsatini so‘ramay, uyni Zarifaga sotishga qaror qildi. Zarifa ham qonun doirasida uyni o‘z nomiga rasmiylashtirib oldi.

Hamma mashmasha ana shundan keyin boshlandi. Uy sotilganidan bexabar Ismoil avvaliga hovliga kirib “uy meniki” deb da’vo qilgan notanish odamlarning gaplariga ishonmadi. Haqiqat oydinlashgach, hammasiga tushundi. Nima ham qila olardi – uy allaqachon yangi egasining nomiga rasmiylashtirilgan. Zarifa jo‘natgan odamlar Ismoilni yalinib-yolvorishlariga qaramay, uyni “bo‘shatib qo‘yishini” talab qildi. Shu tariqa bolalikdan birinchi guruh nogironi ko‘chada qoldi...  

Yaxshiyamki, dunyoda insofli odamlar bor. Ular Xalq deputatlari Shaxrixon tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Qahramon Sarimsaqovga murojaat qilishdi.

Deputat o‘sha kunning o‘zidayoq mahalla faollarini MFY binosiga to‘pladi. Hovlini sotib olgan Zarifa ham “majlis”da ishtirok etdi. Mung‘ayib o‘tirgan Ismoilni ko‘rgan Zarifa bir qalqib tushdi. U oldi-sotdi masalalarida faqat Ismoilning buvisi bilan ro‘para kelgani, Sanobar xola nogiron nabirasi haqida hech nima demagani to‘g‘risida gapirdi.

Deputat tashabbusi bilan ayol murosa yo‘lini tanladi. Hovlining ikki sotix joyini Ismoilga qaytaradigan bo‘ldi. Bundan tashqari, Zarifa Ismoilga ajratilgan uyni ta’mirlashni ham o‘z zimmasiga oldi.

Zilola RAHMONOVA,

                                             O‘zLiDeP Andijon viloyat

             Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1188
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рузиева Нилуфар Олимовна2018-04-23 11:16:37

Мақолани ўқиб жуда таъсирландим. Ўз бувиси томонидан ноҳақликка учрган Исмоилга бироз ачиндим. Лекин Юртимизда яхши инсонлар кўп. O‘zLiDePдан сайланган депутат Қаҳрамон Саримсақовга, ҳамда вазиятни тўғри тушиниб ёрдам берган Зарифа опага раҳмат.


Эркин Ғойипов2018-04-21 11:40:11

Фаол депутатлар сафи кенгайсин! УзЛиДеП олға!!!


Fikringizni qoldiring

+