O‘tgan yil Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limiga 637 ta murojaat bo‘lgan

20.04.2018, 18:59

O‘tgan yil Zarbdor tuman xalq ta’limi  bo‘limiga 637 ta murojaat bo‘lgan

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A.Abduvaitovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limida jami 30 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur ta’lim muassasalarida esa 1 ming 183 nafar malakali o‘qituvchi 13 ming 56 nafar o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. 2018 yil investitsiya Dasturi asosida “Oybek” MFYda qurilishi rejalashtirilgan 216 o‘rinli 3-umumta’lim maktabi filiali  hamda qayta rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan 22, 24-umumta’lim maktablarining har biriga 96-o‘rinli qo‘shimcha bino va sport zali qurilishi belgilangan.

–2017 yil davomida viloyatda Prezidentimiz Qaror, Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari hamda Xalq ta’limi Vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan 182 ta buyruq, 1 ta qo‘shma qaror, 1 ta qo‘shma buyruq, 371 ta xat, 33 ta chora-tadbirlar rejasi, 5 ta nazorat rejasi jami 637 ta hujjatlar kelib tushgan, – deydi A.Abduvaitov. –O‘tgan davr mobaynida kelib tushgan hujjatlar mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, mazkur hujjatlar o‘z vaqtida muddatidan kechiktirmasdan ijrosi ta’minlangan va ta’lim muassasalariga yetkazilgan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+