Xorijda tahsil olayotgan yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz

20.04.2018, 19:31

Xorijda tahsil olayotgan yurtimiz yoshlari salohiyatidan samarali foydalanish tarafdorimiz

Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati hududida uchta yirik investitsion loyiha – Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda Azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishi jadal sur’atda davom etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ana shu yirik ishlab chiqarish korxonalari qurilishi faoliyati bilan tanishib, bu yerda mehnat qiladigan tajribali muhandis va ishchi xodimlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Xo‘sh, yirik korxonalarda o‘rnatilgan so‘nggi rusumdagi kompyuterlashgan texnika va asbob-uskunalarni kim boshqaradi? Albatta, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yoshlar boshqaradi. Shu ma’noda davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilayotgan yuqoridagi vazifa O‘zLiDeP zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi. Zero, davlatimiz rahbari tomonidan  Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida “chet ellardagi yoshlar bilan ishlash masalasi haqida gapiradigan bo‘lsak, afsuski, Oliy Majlis palatalari ham, siyosiy partiyalar ham bu masalaning yaqiniga ham kelgani yo‘q” deya bu boradagi faoliyatimiz asosli tanqid qilingan va galdagi vazifalar belgilab berilgan edi.  

Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz bir qator amaliy tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijning nufuzli ta’lim darogohlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatildi.  Ular mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda yoshlar siyosati bo‘yicha olib borilayotgan yangicha islohotlar bilan tanishtirib borilmoqda.

Misol uchun yaqin kunlarda partiya “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda mehnat qilayotgan yurtimiz yoshlari bilan vedeokonferensiya shaklida onlayn muloqot o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu videokonferensiyaga tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda yirik tadbirkorlik sub’ekti rahbarlari ham taklif etilgan.

Bundan ko‘zlangan maqsad, tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan xorijning nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekistonlik yoshlar o‘rtasida o‘zaro amaliy muloqot maydonini yaratish, ularni qiziqtirgan va o‘ylantirayotgan savollarga javob qaytarish hamda ularning Vatanga qaytishi uchun ishga joylashish va kasbiy moslashuvning qulay sharoitlari bilan tanishtirish, bu boradagi takliflarini o‘rganishdan iboratdir.

Bir so‘z bilan aytganda, partiyamiz dunyoning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida yashab turib, nufuzli xalqaro tashkilotlarda yoki transmilliy kompaniyalarda ajoyib karera qilayotgan yoxud fan, tibbiyot, san’at va biznesda katta yutuqlarga erishayotgan yoshlarimiz salohiyatidan samarali foydalanish tarafdoridir.

Toir SALIMOV,

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1399
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Р.Даулетияров2018-04-24 15:54:11

Жуда тугри карор кабул килинган. Шу тарзда барча чет давлатлардаги ёшлар билан онлайн тарзда сухбат утказилиб борилса, албатта юртимиз ривожи учун уз хиссаларини кушадиган ёшларимиз купайиши билан партиямиз сафи кенгайишига ишонаман


Бекназарова Муқаддас Норим қизи2018-04-23 20:40:46

Чет элда таълим олаётган юртимиз ёшларига ҳавасим келади, Давлатимизда улар учун яратилган шарт-шароитлардан унумли фойдаланиб, юртимиз истиқболи, келажаги учун озгина ихлос ва фидойилик кўрсатсалар, ўз мақсадларига эришадилар, ва шу билан бирга юртимиз равнақи учун ўз фарзандлик бурчини адо этадилар. Партиямиз Ўз юртидан олисда фан, тиббиёт, санъат ва бизнесда катта ютуқларга эришиб, шу билан бирга у ерда таҳсил олаётган ёшларимизнинг Ватанга қайтиши учун ишга жойлашиш ва касбий мослашувнинг қулай шароитлари билан таништириш, бу борадаги таклифларини ўрганишу, эришаётган ёшларимиз салоҳиятидан самарали фойдаланиш тарафдори дея бонг ураётгани бежизга эмас, албатта.


Хамраев Қувончбек Аминович2018-04-23 18:44:09

Амалга оширилмоқчи бўлган режалар яхши натижа беришига ишончимиз комил. Чунки халқаро тажриба ва миллий тажрибалар асосида яратилган ғоялар ҳамда қилинган ишлар юксак тараққиёт омилидир.


Маъмуржон Абдуллаев2018-04-23 17:21:22

Ёшлар иннавацион ғоялар ташаббускори бўлади. Тарихдан ҳам маълумки қадим Туркистонни ривожлантиришни мақсад қилган жадидлар ёш авлодни чет мамлакатларга ўқитишнинг тарафдори бўлганлар.Бундан кўзланган мақсад мамлакатни модернизация қилиш, тараққиётда хориж тажрибасини ўрганиш эди. Партиямиз томонидан илгари сурилаётган бу ташаббус албатта самарали бўлишига аминман.


Хислат Зайниддинов2018-04-23 10:50:01

“Навоийазот” акциядорлик жамияти ҳудудида қурилаётган лойиҳалар билан яқиндан танишганман. Жуда катта қурилиш лойиҳалар амалга оширилаяпти. Лойиҳалар қурилиш ишлаётган ходимлар билан тадбирлар ўтказиб, партиямиз сафига аъзо қилганмиз. Жуда ҳам билимли, аҳил жамоа. Лоийҳа қурилишида меҳнат қилаётган барчага раҳмат.


Рузиева Нилуфар Олимовна2018-04-23 09:06:56

“Навоийазот” акциядорлик жамияти ҳудудида учта йирик инвестицион лойиҳа – Поливинилхлорид (ПВХ), каустик сода ва метанол ишлаб чиқариш, Аммиак ва карбамид ишлаб чиқариш ҳамда Азот кислотаси ишлаб чиқариш корхоналари қурилиши энг биринчи навбатда ишсизлар қаторининг камайишига сабаб бўлади. Шунингдек "Ёшлар қаноти" томонидан режалаштирилаётган ведиоконференция шаклидаги онлайн мулоқот чет давлатларда таҳсил олаётган ёшларнинг фикр ва мулоҳазалари албатта аҳамиятга эга эканлигидан далолат беради.


Fikringizni qoldiring

+