“Yosh liberallar” klubi faollari ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning uy-joylarini obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ko‘maklashdi

23.04.2018, 19:09

“Yosh liberallar” klubi faollari ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning uy-joylarini obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ko‘maklashdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori olis qishloq va mahallalar qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq ahli turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan.

 Shu bois bu ezgu tashabbus yurtimizning barcha hududlarida keng quloch yoymoqda. Sharoiti o‘ta og‘ir qishloqlar tanlanib, namuna sifatida obod va fayzli maskanga aylantirilmoqda. E’tiborlisi, bunday xayrli ishlarda nafaqat davlat idoralari, balki jamoat tashkilotlari ham faol qatnashayapti.

Yaqinda O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi xodimlari va “Yosh liberallar” klubi a’zolari, deputatlar va partiya faollari Dastur doirasida viloyatning chekka hududlaridan biri Chiroqchi tumanidagi Chiyal qishlog‘ida bo‘lib, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida  faol ishtirok etishdi.

 – Davlatimiz rahbari tomonidan boshlab berilgan bu xayrli tashabbus viloyatning barcha tumanlarida jadallik bilan olib borilmoqda, – deydi  O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat rahbari O. Sherov. –  Shu bois bu gal Chiroqchi tuman Chiyal qishlog‘ida bo‘lib, 15 ga yaqin kam ta’minlangan oilalar, nogiron va keksalarning holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli dori-darmon vositalarini tarqatdik. Shuningdek, tuman tibbiyot muassasalarining yetakchi shifokorlari tomonidan 70ga yaqin aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasalligi aniqlangan bemorlarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Partiya huzuridagi “Yosh liberallar” klubi faollari qishloqdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning uy-joylarini obodonlashtirish va ta’mirlash ishlariga ko‘maklashdilar.

O‘zLiDeP  Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1618
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Нуруллаев Саидмурод "O'zLiDep" Каттақўрғон шахар Кенгаши аьзоси!2018-04-29 01:09:21

Гап юк сизга " Еш Либерал"лар " Биз хар доим бирга кучлимиз "


Ёш либераллар клуби аъзоси Умаров Шохрух2018-04-24 17:46:57

Хакикатда савобли иш бу ишларни харбиримиз килишимиз керак.


Ботирали Турдиев Қамаши туман Кенгаши ижрочи котиби2018-04-24 16:39:23

Ушбу лойиҳада Камаши туман Кенгаши хам фаол қатнашди. Хозирги кунда бунақа лойиҳаларни бўлиб туриши биз ёшларни янада рухлантиради ва фаолликка ундайди. Президентимиз томонидан ишлаб чиқилган лойиха келажагимиз учун муҳим бир қадам хисобланади.


А.Қарлибаева2018-04-24 16:29:08

Президентимизнинг «Обод қишлоқ тўғрисида»ги Фармони жуда катта таҳлилларга аослангани, қишлоқ жойларининг очиқ кўрсатилиши ва шу аснода аниқ тадбирларнинг белгиланиши билан ажралиб туради


Қарши шаҳар БПТ раҳбари Аҳмедова Малика2018-04-24 15:48:42

"Обод қишлоқ лойиҳаси" доирасида амалга оширилаётган ташаббусларни қўллаб-қувватлаймиз ва унинг бардавом бўлиши тарафдоримиз!


Umrbek2018-04-24 15:32:30

Мухратарам Президентимизнинг 2018 йил 29 мартдаги “Обод қишлоқ” дастурини 2018 йилда амалга ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-3630-сон қарорининг ижросини таъминлаш юзасидан бизнинг туманимизда ҳам Бийбазар овул фуқаролар йиғини ҳамда Хоразм маҳалла фуқаролар йиғинларида ҳам бир қатор ўзгаришлар давом этмоқда. Халқ депутатлари Беруний тумани Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи билан ишлаш бўйича ижрочи котиб Жаббаров Умрбек Ражапбаевич


Aziza Muratbaeva2018-04-24 15:20:30

Prezidentimiz boshlab bergan ezgu amallarga ko'makdosh bo'lishda "Yoshlar qanoti" faollariga kuch-g'ayrat tilayman.


Икромжон Мамадолимов2018-04-24 15:14:22

“Ёш либераллар” клуби аъзолари томонидан қилинган бундай хайрли ишлар ёшлар учун ўрнак бўлади ва уларни хам шундай савоб ишлар килишга ундайди деб ўйлайман.


Андижон туман Кенгаши ижрочи котиби Толипова Назира 2018-04-24 13:59:51

"Обод кишлок " дастури доирасида "Ёш либераллар клуби" томонидан хар бир вилоят ва туман микиёсида бир катор самарали ишлар олиб борилмокда .Шижоатли ташаббускор йигит-кизларимизга омад ёр булсин.


Жиззах вилоят 2018-04-24 11:04:15

Бу кулиб аъзолари "Обод қишлоқ" дастури дойирасида ёшларга катта ўрнак бўлиши кенг ахамиятга эга деб ўйлаймиз.


Fikringizni qoldiring

+