Qonun loyihalari kelgusida fuqarolarimizning, xususan, tadbirkor va fermerlarimizning huquq va manfaatlari himoyasiga xizmat qiladi

16.11.2017, 14:57

Qonun loyihalari kelgusida fuqarolarimizning, xususan, tadbirkor va fermerlarimizning huquq va manfaatlari himoyasiga xizmat qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga oid muhim tadbirlarni ahamiyati xususida so‘z yuritildi. So‘ngra bir qator qonun loyihalari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Qizg‘in bahs-munozaralarda muhokama etilgan masalalar yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

BARQAROR RIVOJLANISH VA TARAQQIYOT YO‘LLARI

Oybek JUMAYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari:

– Barchamiz ko‘rib, kuzatib turibmizki, joriy yil Vatanimiz siyosiy-madaniy hayo­tida alohida ta’kidlashga arzigulik quvonch­li voqealarga boy bo‘lmoqda. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi Jizzax shahrida katta tantanaga aylanib ketdi. Ushbu marosimda Prezidentimiz ishtirok etib, nutq so‘zladi. Shuning­dek, Samarqandda 10-11 noyabr kunlari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan BMT shafeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuida halqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda yurtboshimiz nutq so‘zlab, mintaqamizda tinchlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik muhitini qaror toptirishning ahamiyati nechog‘lik muhim ekanini yana bir karra ta’kid­ladi. Sir emaski, bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik kabi tahdidlarga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin. Yurtboshimiz mazkur anjumanda xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrni bayon qildi.

Ma’ruzada alohida ta’kidlab o‘tilganidek, bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. Albatta ushbu maqsadga erishish uchun mintaqadagi barcha davlatlar turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘i, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘i zarur. Buning uchun davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshirishga qaratilgan izchil qadamlar tashlashi zarur.

XUSUSIY BIZNES:

QOG‘OZBOZLIKSIZ VA SARSONGARCHILIKSIZ

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra bir nechta qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, birinchi o‘qishda muhokamaga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respub­likasining ayrim qonun hujjatlariga  o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sohibjon Ismoilov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi:

– Taraqqiyotning hozirgi bosqichi biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarida shakllangan yondashuvlarni qaytadan ko‘rib chiqish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning yangi tizimi yaratilishini taqozo etmoqda. Xususiy biznesni bosh­lashda yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha sarsongarchiliksiz va qog‘ozboz­liksiz tezkor hal etishga xizmat qiladigan bozor infratuzilmasi barqaror ishlashi va yanada rivojlanishi uchun uni muvofiqlashtiruvchi amaliy mexanizmning samarali tizimini yaratish zarur. Bu esa maqomi, faoliyat yo‘nalishi va ko‘lami, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik sub’ektlarini birlashtiruvchi nodav­lat notijorat tashkilot hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va vakolatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Qonun loyihasida davlat organlarining vakolatli shaxslari qarorlari, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari nomidan sud jarayonining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, shikoyat va arizalar bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, nazorat tartibida rad etish to‘g‘risidagi xatlarni taqdim etish huquqini Savdo-sanoat palatasiga berish maqsadida amaldagi qonunchilikka bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutildi. Jumladan, Xo‘jalik protsessual kodeksining 44-moddasini yangi tahrirda bayon etish va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi to‘g‘risidagi me’yorni ifodalagan 251-moddani qabul qilish taklif etilmoqda. Loyihani tayyorlash jarayonida xorijiy mamlakatlar – Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qozog‘iston Respublikalarining qonunchiligi va taj­ribasi o‘rganildi.

Asosiy elektorati tadbirkor va fermerlardan iborat O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi a’zolari loyihani birinchi o‘qishda konseptual jihatdan tasdiqlab, bir ovozdan ma’qulladilar. Ushbu qonunning qabul qilinishi bozor infratuzilmasining barqaror ishlashi va yanada rivojlantirilishini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va sohadagi mavjud muammolarni hal etishning samarali tizimini shakllantirishga yordam berishini ta’kidlab o‘tishdi.

 OTA-ONALAR MAJBURIYATI YANADA KUCHAYTIRILISHI  KERAK!

Deputatlar muhokamasiga qo‘yilgan navbatdagi qonun loyi­hasi ham bugungi kunda o‘ta dolzarbligi, mamlakatimizning tayanchi va suyanchi bo‘lgan yoshlar masalasiga taalluqliligi bilan alohida diqqatga sazovor.

Ma’lumki, respublikamizda bepul ta’lim davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, davlat budjetining 34 foizi ushbu yo‘nalishga sarflanmoqda. Shunday ekan, ota-onalar ham davlat oldidagi qonuniy majburiyatlarini bajarishi, o‘z dilbandlarining ta’lim muassasasiga borishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi, jumladan, kiyim-bosh, o‘quv anjomlari bilan ta’minlashi shart.

 Odinaxon Jamoldinova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi:

– “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingach, uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli vazirlik, tashkilotlar, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida joylarda davra suhbatlari o‘tkazdik. Shu bilan birga, ishchi guruhimiz tomonidan voyaga yetmaganlarning ta’lim muassasalariga qatnamaslik holati ham o‘rganildi. 2016-2017 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha 78 mingdan ziyod, shu o‘quv yilining birgina sentabr oyida respublika bo‘yicha 14 mingga yaqin o‘quvchi sababsiz holda darsga kelmagan. Qolaversa, 263 nafar maktab o‘quvchisi, 1 000 nafardan ortiq kollej o‘quvchilari chet elga chiqib ketgan. Albatta, 848 nafar o‘quvchi uyidan chiqib ketib, o‘qishga bormayotgani, 379 nafar o‘quvchining ota-ona qarovisiz qolgani yoki ayrim holatlarda turmushga chiqqan qizlarning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilinayotgani barchani xavotirga soladi.

Ota-onalarning aybi bilan o‘z farzandlarining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilish holati o‘tgan o‘quv yili yakunida 881 tani tashkil etgan bo‘lsa, sentabr oyining o‘zida yana 19 ta shunday holat kuzatildi. Ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida 17 ming 141 nafar yigit-qiz ta’limga qaytarilgan, 555 ta voyaga yetmaganlar esa chet eldan oilasi bag‘riga qaytgan. Sir emas, joylarda oilaviy sharoit sababli o‘qishga bora olmayotgan va ishlayotgan o‘quvchilar (1 804 nafar) ham bor...

Aniqlangan holatlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmagan ota-onalarning bor-yo‘g‘i 10 foiziga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan, xolos. Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, so‘nggi ikki yilda ma’muriy javobgarlikka tortilgandan keyin 339 nafar ota-­ona shunday huquqbuzarlikni bir yil davomida qayta sodir etgan.  Ushbu holatlar, voyaga yetmagan bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishda ota-onalarning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning farzand­lari oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda takroriy huquqbuzarlik uchun og‘irroq ma’muriy jarima qo‘llash, 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini belgilash maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘shimcha normalar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Bu esa kelgusida ota-onalarning farzandlari oldidagi majburiyati yanada oshishi, yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldi olinishiga xizmat qiladi.

Shu kuni fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” va “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Taklif etilayotgan qonun loyihalari dolzarbligi, amaldagi qonunchiligimizda ularga ehtiyoj borligi va, eng asosiysi, fuqarolarimiz, tadbirkor va fermerlarimizning haq-huquqlarini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Nurxon ELMIRZAYEVA,

“XXI asr” muxbiri

Solijon ZOIROV olgan suratlar.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1806
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

УзЛиДеП Фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллиги жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш бўлими мудири 2018-07-31 11:16:55

Мухтарам юртбошими Шавкат Миромонович ! Сизни Муборак таваллуд айёмингиз билан чин юракдан табриклайман.Сизни яратган эгамиз ўз Ҳифзу-ҳимоясига олсин.Ўз нури ва барокатидан доимо баҳраманд этсин.Доимо ёш авлод, халқими ва келажагимиз йўлида ҳеч тинчмай, елиб. олиб бораётган саййи ҳаракатларингизни ўз мевасидан бахраман бўлиш насиб этсин.Яна бир бора қутлуғ бўлсин Туғилган кунинингиз!!!


ФАРРУХБЕК СОХИБОВ2018-07-31 10:01:24

UzLiDeP Сурхондарё вилояти Сариосиё туман Кенгаши номидан Сизни ишонтириб айтамизки, Сиз курсатган, Сиз белгилаб берган йулдан огишмай, Жонажон Узбекистонимизнинг равнаки йулида, бор куч салохиятмизни сарфлаб булсада хизмат киламиз. UzLiDep Сариосиё туман Кенгаши ижрожи котиби Ф.Х.Сохибов!


ФАРРУХБЕК СОХИБОВ2018-07-31 10:00:36

UzLiDeP Сурхондарё вилояти Сариосиё туман Кенгаши номидан Сизни ишонтириб айтамизки, Сиз курсатган, Сиз белгилаб берган йулдан огишмай, Жонажон Узбекистонимизнинг равнаки йулида, бор куч салохиятмизни сарфлаб булсада хизмат киламиз. UzLiDep Сариосиё туман Кенгаши ижрожи котиби Ф.Х.Сохибов!


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-07-26 16:37:16

Муҳтарам юрт бошимиз Шавкат Миромонович! Сизнинг таваллуд айёмингиз билан O'zLiDeP Тахтакупир туман Кенгаши фаоллари номидан чин дилдан табриклаймиз. Сизга соғлик, омонлик, оилавий бахт-саодат, юрт равнақи, халқ фаровонлиги йўлида амалга ошираётган масъулиятли ишларингизда катта муваффақиятлар тилаймиз. Юртимиз бахтига омон булинг!


Исмайлов Қуўаныш УзЛиДеП Нукус туман Кенгаши ижрочи котиби.2018-07-26 10:50:06

Мухтарам Юртбошимиз Шавкат Миромонович! Сизни таваллуд айёмингиз билан чин қалбимдан табриклайман. Оилангиз ва халқимизнинг бахти учун доимо соғ ва омон бўлинг.


Л.Ешбаева-УзЛиДеП Конликул туман Кенгаши Депутати2018-07-26 10:22:06

Мухтарам Президентимиз Шавкат Миномонович! Сизни Қонликўл тумани депутатлари номидан таваллуд айёмингиз билан табриклаймиз. Давлатимиз ривожи юўлиданги ишларингизга омад тилаймиз. Оилангизга бахт, элимизга тинчлик тилаймиз.


Б.Утешова-Конликул тумани2018-07-26 10:11:54

Муҳтарам юрт бошимиз Шавкат Миромонович! Сизни таваллуд айёмингиз билан Қароқалпоғистон Республикаси Қонликўл тумани аҳолиси ҳамда партия аъзолари номидан табриклаймиз. Халқимизнинг бахт иқболи йўлидаги меҳнатларингизни «Жаноб Президент» номли ҳужжатли фильм орқали намийиш этди. Оилангизга бахт, элимиз тинч бўлсин. Халқимиз бахтига соғ- саломат бўлинг


Полвонов Рахимжон2018-07-25 12:10:18

Ассалому алайкум, мухтарам Шавкат Миромонович! Бизга Сизни барча Жалақудуқлик партиядошларимиз номидан таваллуд айёми билангина эмас, балки, халқаро Нобел мукофоти билан табриклаш ва 100 йиллик юбилейингиз билан муборакбод этиш насиб этсин, иншо АЛЛОҲ!


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раиси Искандар Рўзиев2018-07-25 11:56:52

Ҳурматли Юртбошимиз Шавкат Миромонович сизнинг тавалуд айёмингиз билан чин дилдан ўзим ва O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши партия фаоллари номидан табриклайман сизга узоқ умр соғлик саломатлик тилаеман доимо халқимиз бахтига омон бўлинг


У.Боймуродов O'zLiDeP Косон туман Кенгаши аппарат раҳбари2018-07-25 09:50:36

Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Косон туман Кенгаши Сизни туғилган кунингиз билан самимий муборакбод этади. Сизга соғлик, омонлик, оилавий бахт-саодат, юрт равнақи, халқ фаровонлиги йўлида амалга ошираётган масъулиятли ишларингизга муваффақиятлар тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+