O‘zLiDeP YaTTlar faoliyati bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni bir qonun doirasiga birlashlashtirish tarafdori

25.04.2018, 16:53

O‘zLiDeP YaTTlar faoliyati bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni bir qonun doirasiga birlashlashtirish tarafdori

Joriy yilning 25 aprel kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida “Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining bugungi holati, ushbu faoliyatni rivojlantirish istiqbollari”ni o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda O‘zLiDeP fraksiyasi va mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, Oliy sud, Adliya vazirligi, Soliq va statistika qo‘mitalari, Savdo-sanoat palatasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakil, tadbirkorlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning fevral-aprel oylarida 170 tuman va 30 ta shahardan yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati o‘rganilgan edi. O‘rganish jarayonida YaTTga oid amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir 15 tadan ortiq masala muhokama etildi. Jumladan, mahalliy hokimliklar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini aniqlashga va ishlamayotgan yoki ma’lum sabablarga ko‘ra faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarni ruyxatga olish ularning soliq va boshqa  majburiy to‘lovlar yuzasidan to‘lov qobiliyatini oshirish, YaTTlarga kredit ajratishda xalqaro tajribaga asosan ta’minotning muqobil shakllarini qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. O‘rganilgan masalalar yuzasidan 600 ga yaqin deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovlari bo‘yicha olingan javob xatlari, tadbirkorlar taklif-mulohazalari, sohaga oid xalqaro tajribaga asosan O‘zLiDeP ishchi guruhi quyidagi takliflarni ilgari suradi.

Birinchidan, YaTTlar faoliyati bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Prezidentning farmon va qarorlari kabi 40 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlarlardagi tarqoq normalar asosida tartibga solinadi. Partiya ana shu tarqoq normalarni bir qonun doirasiga birlashlashtirish tarafdori.

Ikkinchidan, sudlarda yakka tadbirkorlar huquq va manfatlari himoyasini ta’minlanishini qoniqarli deb baholab bo‘lmaydi. Shuningdek, YaTTga solinadigan soliqlar, boshqa majburiy to‘lov va tariflar bo‘yicha xalqaro tajriba chuqur o‘rganilmagan. O‘zLiDeP mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida xalqaro tajribani o‘rganib, milliy qonunchilik tizimiga singdirishni eng muhim sifatida baholaydi.    

Shundan kelib chiqib, tadbirda yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda ularning faoliyatiga ko‘maklashish, ular faoliyatini muvofiqlashtirib borish va himoya qilish maqsadida “Yakka tadbirkorlar uyushmasi”ni tuzish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbirda hunarmandlik faoliyatini rivojlantirish, hunarmandlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta tushumlarini oshirish, hunarmadlik zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ham muhokama etildi.

Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan muloqot yakunida ishtirokchilar O‘zLiDePning “Yakka tartibdagi tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi,  “Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati samaradorligini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidenti qarori loyihasida ilgari surilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, deputatlari bilan hamkorlikda “Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish Dasturi Yo‘l xarita”sini ishlab chiqish va tegishli Kengashlar sessiyalari kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

Amaliy muloqot yakunida yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlarni tizimli ravishda o‘tkazish va bu yo‘nalishda eng chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1320
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ангор туманидаги Якка тартибдаги тадбиркор Бобокулов Эркин Гулмуратович2018-04-27 22:45:32

Партиямизнинг уз электорати манфаатларини химоя килиш йулидаги амалий ишларини куриб базида кувониб кетаман мен партиянинг ЯТТ лар фаолиятини ривожлантиришга доир амалга оширайотган ишларини куллаб кувватлайман.


Каримов Расул Азадович2018-04-27 11:18:01

Партиямиз томонидан бугунги кунда якка тартибдаги тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланаётган фуқароларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш борасида амалага ошиирлаётган ишлар, кўрилаётган чора-тадбирлардан биз тадбиркорлар бениҳоя хурсандмиз.


Ботир2018-04-26 19:25:04

Кўпгина ёпилган ЯТТ ларни ҳам қайта тиклаш имкониятлари туғилса мақсадга мувофиқ бўлар эди деб ўйлайман.Албатта уюшма тузилса ЯТТ лар учун бир тизим яратилган бўларди.


Fikringizni qoldiring

+