Uychilik tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida “nol” qiymatda bo‘sh bino va imtiyozli kredit oldi

25.04.2018, 19:12

Uychilik tadbirkor O‘zLiDeP ko‘magida  “nol” qiymatda bo‘sh bino va imtiyozli kredit oldi

Uychi tumani “Shifokor” mahallasida yashovchi Ibrohim Ismoilov o‘z biznesini boshlashni ko‘ngliga tukkaniga ancha vaqt bo‘ldi. Biroq fuqaro bir yildan buyon hududda foydalanilmay yotgan binoni olish uchun sarson-sargardon edi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Uychi tumanida tashkil etilgan sayyor qabuldan so‘ng I.Ismoilovni o‘ylantirib kelayotgan muammo joyida hal etildi.

– Muammoyim bu qadar tez hal bo‘ladi, deb o‘ylamagandim, – deydi tadbirkor. – O’zLiDeP tashabbusi bilan o‘z biznesimni yo‘lga quyish uchun ham joyga, ham bankdan imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Endi bu qarovsiz binoda xizmat ko‘rsatish shahobchasini tashkil etishni rejalashtiryapmiz.

  Sayyor qabul davomida 10 ga yaqin murojaatlar joyida qanoatlantirildi. Qolgan murojaatlar tuman hokimi va deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

O‘zLiDeP  Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1356
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+