O‘zLiDePning bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 20 nafarga yaqin yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

25.04.2018, 19:21

O‘zLiDePning bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida  20 nafarga yaqin yosh doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

Mohira Ma’murova Asaka tumanidagi kasb-hunar kollejini tamomlaganiga ikki yildan ziyod vaqt bo‘ldi. Biroq hozirga qadar mutaxassisligi bo‘yicha muqim ish joyiga ega emas edi. O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida M.Ma’murova kabi ko‘plab yoshlar bandligi ta’minlandi. Mohira endilikda o‘z yashash manziliga yaqin 15-maktabgacha ta’lim muassasasida yordamchi tarbiyachi sifatida ish boshladi.

– Yarmarkada tumandagi mavjud 75ta korxona-tashkilot 272 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi, – deydi partiya tuman Kengashi raisi Qahramon Botirov. – Tadbir davomida ko‘plab yoshlar ish bilan ta’minlandi. Masalan, M.Abduvosilov “Asaka Mak” MChJga yuk tashuvchi, M.Tadjimatov va U.Xudayqulovlar 30- MTMga qorovul, A.Teshaboyev 45 -MTMga posbon vazifalariga ishga joylashdilar.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur yarmarkaga tumandagi vaqtincha ishsiz yigit-qizlar ishtirok etdi.

 Boburmirzo XOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1376
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Наргиз. Андижанский Областной Совет Либерально-Демократической партии Узбекистана2018-04-28 10:20:44

2 года без работы это большой перерыв для молодых. Их нельзя оставлять на пол пути. Это приведет к преступности среди молодежи. Б.Хожиакбарову и его райенному Совету большое спасибо что организовали для безработной молодежи эту ярмарку.


Fikringizni qoldiring

+