Yuragida o‘zgarish borligi aniqlangan nukuslik A.Aymaxanovaga O‘zLiDeP bepul davolanish uchun yo‘llanma berdi

25.04.2018, 19:25

Yuragida o‘zgarish borligi aniqlangan nukuslik A.Aymaxanovaga O‘zLiDeP bepul davolanish uchun yo‘llanma berdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Nukus shahar tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash – O‘zLiDeP e’tiborida” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda Respublika Onkologiya dispanseri, Salomatlik ilmiy-tadqiqot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, tibbiyot muassasasi xodimlari tomonidan ayollar orasida ko‘p uchrayotgan saraton bezi (mastopatiya) va bachadon bo‘yni saratonining kelib chiqish sabablari va oqibatlari hamda uning oldini olish bo‘yicha kerakli maslahatlar berildi.

– Keyingi paytlarda xotin-qizlar orasida saraton kasalligiga chalinganlar ko‘p uchrayapti, – deydi Respublika Onkologiya dispanseri radiolog shifokori T.Nurmanova. – Shu bois ayollarimiz har 6 oyda muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi, ko‘krak qismida biron bir og‘riqni sezsa, zudlik bilan shifokorga ko‘rinishi kerak. Ayni chog‘da 18-45 yosh oralig‘idagi ayollar orasida mastopatiya kasalligi, 40-50 yoshli ayollar orasida esa, bachadon bo‘yni saratoni ko‘p uchramoqda. Shuning uchun ham ayollarimiz vaqtida sog‘ligiga e’tibor berib, kerakli mualojalarini olib turishi darkor.

Tadbirda xotin-qizlarimizga saraton kasalligining kelib chiqish tarixi, uning boshqa kasalliklardan farqi, kasallikning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha malakali mutaxasislar tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

– Partiya tashabbusi bilan tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda EKG, UZI, akusher ginekolog, endokrinologlar ko‘rigidan o‘tdim, – deydi “Botanika” MFY maslahatchisi A.Aymaxanova. – Shifokorlar yuragimda o‘zgarish borligini aytib, kerakli dori-darmon vositalarini yozib berishdi. Endi O‘zLiDeP tomonidan berilgan yo‘llanma bilan Respublika kasalxonasida bepul davolanaman.  

Ta’kidlash kerak, tadbir davomida 21 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasalligi aniqlangan bemorlarga bepul dori-darmon vositalari tarqatildi va bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.  

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гульнара Рахманова 2018-04-26 17:54:02

Ойла бу жамиятимиз бир булаги, жамият мустахкам булиши албатта ойлалар фарованлигида. Шу сабабдан хар бир ойлада оналар ва болалар саломатлиги мухим. Дардга чолингандан олдини олган яхши. Партиямиз ташаббуси билан утказилаетган партия лойихалари, хар хил мавзудаги семинарлар аел кизларнинг хукукий ва сиёсий саводхонлигини оширишда ва мутахкамлашда, тажриба олмашишдаги соморадорлигини оширади


Fikringizni qoldiring

+