O‘zbek-turkman do‘stligi – yagona tarix, barqaror kelajak poydevori

26.04.2018, 15:09

O‘zbek-turkman do‘stligi – yagona tarix, barqaror kelajak poydevori

Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Prezidentimiz taklifiga binoan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi Turkmaniston delegatsiyasining yurtimizga tashrifi – dini, urf-odati, mentaliteti o‘zaro yaqin bo‘lgan ikki qardosh xalqning taraqqiyotida yangi bosqichini boshlab berdi. Ikki davlat rahbarining Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan viloyatimizga tashrifi esa barcha xorazmliklarni quvontirgani haqiqat.

Davlat rahbarlarining O‘zbek-turkman Do‘stlik uyiga tashriflari davomida Turkman xalqining madaniyati, urf-odatini hurmat qilgan holda, yaratib berilgan sharoitlarini ko‘rgan Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z yurtida ham xuddi shunday Do‘stlik uyini ochishini ta’kidlab o‘tdi. Bu quvonarli hol albatta. Sababi, ikki davlatning olib borayotgan siyosatida ham yon qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkam – ustuvor vazifadir. 

O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro ahil munosabatlar xorazmlik tadbirkor va fermerlar uchun uchun ham tarixiy sana sifatida muhrlanib qoladi. Negaki viloyatimizda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun Turkmaniston eng yaqin bozor hisoblanadi. Imzolangan hujjatlar tadbirkorlarlik subektlariga katta imkoniyatlar eshigini ochishi shubhasiz.  

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi ham elektoratimiz manfaatlarini ko‘zlab ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni jadal rivojlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.

                                              Shavkat SAFARBAYEV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2509
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Казаков Машраб, Самарқанд вилояти O’zLiDeP Пастдарғом туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари- аппарат раҳбари 2018-04-27 13:41:30

Мухтарам юртбошимизнинг сай ҳаракатлари билан олиб борилаётган миллатлар аро тотувлик ва диний бағри кенингликни таминлаш ишлари олиб борилмоқда.


O’zLiDeP Хива туман Кенгаши раиси М.Матякубов2018-04-26 16:37:37

Айни кунларда юртимизда миллий қадриятларимизни янада ривож топтириш йўлдида жавлон ураётган барча тадбиркорларимиз ва бутун халқимиз номидан Юртбошимизга мустаҳкам соғлиқ тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+