Tadbirkor ayollar manfaatini ko‘zlab...

26.04.2018, 17:59

Tadbirkor ayollar manfaatini ko‘zlab...

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida salkam 200 million AQSh dollari qiymatida o‘nlab investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ahamiyatlisi, istiqbolli loyihalar ro‘yobida xotin-qizlarning ham hissasi katta bo‘layotir. Partiyamizning Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ushbu e’tirof bot-bot takrorlandi.

– Bugungi tadbirni Angren shahrida o‘tkazayotganimiz bejiz emas, – deydi partiyaning Toshkent viloyati Kengashi bo‘lim boshlig‘i Muyassar Jamoldinova. – Shaharda bugungi kunda 100 mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning qariyb teng yarmini xotin-qizlar tashkil etadi. E’tiborli jihati, ularning eng faollari O‘zLiDeP a’zolari bo‘lib, aksariyati tadbirkorlik bilan mashg‘ul. Quvonarlisi, viloyatimizda eksportyor ayol ishbilarmonlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda.

Davra suhbatida tadbirkor xotin-qizlarimiz uchun o‘zaro tajriba almashish, partiyaning quyi bo‘g‘inlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, jarayonda uchrayotgan ayrim muammolar borasida ochiq muloqot o‘tkazish imkoni paydo bo‘ldi.

– Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini nodavlat sektorning ishtirokisiz tasavvur etish qiyin, – deydi Angren shahridagi “Shuhrat parizod” xususiy poliklinikasi rahbari Gulbahor Abdaliyeva. – Shifo maskanimiz zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida mahallamizdagi, shahrimizdagi opa-singillarimizni muntazam bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turamiz. Bugun ham ushbu tadbirdan so‘ng 56 nafar xotin-qizga shunday imkoniyat yaratishni rejalashtirganmiz. 

Tadbir doirasida partiya “Ayollar qanoti” faollari, “Quvvat” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, mehnat jamoasi ishtirokida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ziyodulla MO‘MINOV,

“XXI asr”  muxbiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1291
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Отабоева Гулноз,"Камола Лаззат таомлари" МЧЖ иш бошкарувчиси2018-04-27 16:48:23

Кейинги вактларда O‘zLiDeP нинг биз аёлларга курсатаётган ёрдамлари, ахоли орасида тадбиркорлик йуналишидаги таргибот-ташвикот ишлари узининг ижобий натижаларини бермокда. Шу сабабли мен хам узим ишлаётган жойда янги БПТ очиб, O‘zLiDeP партиясига аъзо булдим. O‘zLiDeP Булунгур туман Кенгаши масъул ходимлари менга якиндан кумакдош !!!


Fikringizni qoldiring

+