Namanganlik Mirjalol Murodov chiqindidan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

26.04.2018, 18:11

Namanganlik Mirjalol Murodov chiqindidan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Namangan shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda  yosh ixtirochilar o‘zlarining ishlab chiqarish, servis, turizm, qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish borasidagi yangi g‘oya va innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Ta’kidlash kerak, tanlov davomida ishtirokchilar fermer xo‘jaliklarida parrandalarni sug‘orishda suvni tejash imkoniyatini beruvchi texnik loyiha, kundalik hayotda zarur bo‘lgan arzon va energiyani tejovchi mini chang yutgich kabi 20 dan ortiq loyihalari bilan qatnashdilar.                 

–Chiqindilarni qayta ishlash orqali yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi tanlovning yana bir ishtirokchisi  Mirjalol Murodov. – Hozirda 5 nafar tengqurlarim bilan birga avtomobillar uchun polik ishlab chiqaryapmiz. Kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz.

Tanlov yakunida M.Murodovdan tashqari, turizm yo‘nalishi bo‘yicha Namangan madaniyat kolleji talabasi Janona Mamatqulova, qishloq xo‘jaligi  yo‘nalishi bo‘yicha Namangan yuridik kolleji talabasi Jahongir Sobirovlar yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqiga yo‘llanma oldilar.

O‘zLiDeP  Namangan viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Отаханов Улуғбек2018-05-02 10:35:13

Олға ёшлар марра сизларники


Озодбек Юлдашалиев2018-05-01 12:36:51

Хакикатдан бу курик танлов жуда муросасиз холатда бўлди ,чунки иқтидорли талабалар фаолияти жуда хавас қилса арзигудек. Наманган шахрида ишлаб чиқариш кучайганлиги туфайли ёш тадбиркорлар томонидан тақдим этилган лойиха айни давр учун зарурдир.


O‘zLiDeP Булоқбоши туман Кенгаши депутати Хайтбоев Зиёд Ўринбоевич2018-04-27 11:01:42

Биз депутатлар фаол ёшларга кўмаклашимиз керак.“Ёш инновациячи” кўрик танлови ғолибларига омад тилайман.Ғолибларни Республика босқичида совринли ўринларни олишини тилайман


Адиба Алиёрова2018-04-27 10:14:42

Бугунги кун ёшлари хақиқатдан жуда фаол, уларга кўмак беришимиз биз учун доимий вазифага айланиши шарт. Шундагина улар ўз ўйлаган мақсадалари сари қўрқмай, олға қадам ташлаб улкан режаларни хам уддалай олишади.


Fikringizni qoldiring

+