O‘zLiDeP forumi doirasida 100 nafar farg‘onalik yigit-qiz ishga joylashdi (+FOTOGALEREYA)

26.04.2018, 19:10

O‘zLiDeP forumi doirasida 100 nafar farg‘onalik yigit-qiz ishga joylashdi (+FOTOGALEREYA)

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda “Turon eko sement” MChJda “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida “Yoshlar bandligini ta’minlash eng muhim vazifamiz” shiori ostida yoshlar Forumini tashkil etdi.

Forumda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, “Yoshlar qanoti” faollari, tuman hokimligi, mahalliy vakillik organlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, uyushmagan yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zLiDeP yoshlarning ezgu intilishlari va tashabbuslarini, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar partiyaning yoshlarning tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes-rejalarini amalga oshirish, kasb-hunar kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdek dasturiy maqsadlariga hamohangdir.

Ushbu forum ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Chunki ushbu loyiha uyushmagan yoshlar muammolarini aniqlash va yechim topish, xorijda noqonuniy tarzda ishlab yurgan yoshlarni qaytarish, ularni turli diniy oqimlarga qo‘shilib ketishini oldini olish, yigit-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

–Partiyamiz Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga qattiq bel bog‘lagan, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sardor Maripov. – Shu bois yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bugungi forum doirasida ham yoshlarning turmush sharoiti, orzu intilishlari bilan qiziqdik, muammolari tingladik, Aksariyat masalalar shu joyning o‘zida hal etildi.

Ta’kidlash kerak, forum doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Partiya “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan ishsiz yurgan 100 nafar yigit-qiz “Turon eko sement” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga ishga qabul qilindi.

 

Forum yakunida 30 nafar yoshga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1798
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбарали Рахмонов, ЎзЛиДеП Ўзбекистон туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-08 09:06:43

O‘zLiDeP қишлоқ жойлардан янги талантлар ва ихтирочиларни топмоқда.


Отаханов Улуғбек2018-05-02 10:41:06

Ёшларга шундай имкониятлар яратиб берилаётганидан жудаям хурсадмиз, ёшлар узи учун бир фойдали иш билан банд бўлса уларни хеч қандай ёт ғоялар маънавиятини буза олмайди.Олға ёшлар


Олим Норжигитов2018-04-28 19:38:13

Ёшларни жамиятда ўз ўрнини топишида, улар учун муносиб иш ўринлари яратиш, иш билан бандлигини таъминлашга кўмаклашиш барчамизнинг асосий вазифамиздир. Партиямиз бу борада яна ҳам кўплаб ишларни амалга оширади.


Жумаев Бахтиёр Халқ депутати2018-04-28 16:48:03

Давлатимизда яратилаётган шароитдан ёшлар тўғри йулда фойдаланинглар ёшлар.


УзЛиДеП Термиз шаҳар Кенгаши Б.Ф.Маманоров2018-04-28 15:06:13

Биз ҳам эндилкда тадбиркорлик билан шуғилланаётган ёшларнинг ўз фаолиятини янада кенгайтириш янги ишлаб чиқариш турларини йўлга қўйиш борасида очиқ мулоқотлар, учрашувлар семинарларни кўпроқ ташкил этишимиз керак.


Кодирхон Ахмедов Махмудович 2018-04-28 13:03:48

Жонажон Юртимизга хизмат килаётганимиздан мамнунмиз!! Бундан кейин хам Партиямиз билан биргаликда бунданда купрок ишларни бажаришга, куп куп иш уринлари яратишга ваьда берамиз!


Зебинисо Сапарова Давлат қизи2018-04-28 10:22:57

Сен хам фаол ёшлар сафидасан лойиҳаси доирасида уюшмаган ёшларни иш билан бандлигини таъминлаш борасида самарали иш амалга оширилибди. "Ёшлар қаноти" бўлимига бу каби ташаббусларини амалга оширишда омадлар тилаймиз!


Қосимжон Шопўлатов туман Кенгаши депутати,апппарат рахбари 2018-04-28 09:05:27

Партиямиз томонидан кейинги вактларда олиб борилаётган ишлар ажойиб самарасини бемоқда партияга хайрихохлар купаяпди,партиямизни келажакдаги ишларига омад


Қосимжон Шопўлатов туман Кенгаши депутати,апппарат рахбари 2018-04-28 09:05:27

Партиямиз томонидан кейинги вактларда олиб борилаётган ишлар ажойиб самарасини бемоқда партияга хайрихохлар купаяпди,партиямизни келажакдаги ишларига омад


ЁшлиК ТШ Кенгаши аппарат рахбари Н. Закирова 2018-04-27 22:34:15

Ёшларимиз бизнинг келажагимиз. Бугун уларга яратилаётган имтиёзлар эртанги кун равнаки десак муболага булмайди.


Fikringizni qoldiring

+