O‘zLiDeP deputatlari Samarqand viloyati Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Musayevning hisobotini eshitdi

28.04.2018, 13:15

O‘zLiDeP deputatlari Samarqand viloyati Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Musayevning hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Prezidentining 2018 yil 16 martdagi “Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat Investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Musayevning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq, viloyatda 14 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan. Kichik sanoat zonalarini tashkil etilishida 49,9 gektar yer maydoni va 39,5 ming kv.m bino-inshoatlar joylashgan hudud tuman va shahar hokimliklari balansiga o‘tkazilgan. Shuningdek, joriy yilning birinchi choragi davomida viloyatda jami 295 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatga olingan.

–Bundan tashqari, shu yilda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida umumiy qiymati 387,9 mln. dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 65 ta loyihalar belgilangan bo‘lib, shundan 255 mln AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi, – deydi Jamshid Musayev. – Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 4281 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda shuningdek, Urgut EIZ hamda yangi tashkil etilgan 14 ta kichik sanoat zonasida mavjud avtotransport yo‘llari, elektr energiyasi tarmoqlari, gaz liniyalarining yo‘qligi, suv, kommunikatsiya sohasidagi kamchiliklar o‘rganilib, viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilishi belgilab olindi.

Yig‘ilishda sohada mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining qarori bilan ushbu masalani viloyat Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish taklifi maqullandi.

Erkin PARDAYEV,

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Джураев Рузимурод Каттақурғон туман Кенгаши раиси.2018-04-30 11:20:55

Кичик саноат зоналарида ҳали қилинадиган ишлар ва ечимини топмаган муаммолар мавжуд.


Нуруллаев Саидмурод Каттақўрғон шахар Кенгаши аьзоси!2018-04-29 01:00:32

Депутат халқнинг дарду ташвиши билан ёниб яшаши зарур. Халкнинг оддий дарду ташвишидан тортиб кандай муаммолар уни кийнаетганини шунака эшиттирувларда етказиш лозим деб уйлайман.


O`zLiDeP Ангор туман Кенгаши ижрочи котиби Эркин Абдуллаев 2018-04-28 16:52:29

Ха хақиқатдан хам депутат фаол бўлиши эшитувларда мутасадди ташкилот рахбарларининг хисоботини маъқуллаб розилик билдириб кетавериши керак эмас. Депутат халқнинг дарду ташвиши билан ёниб яшаши ўтказилаётган эшитувларда мутасадди ташкилот рахбарларига халқнинг дардини аниқлик билан етказсагина халқ депутатлардан миннатдор бўлади деб ўйлайман.


Саилмурод2018-04-28 14:35:13

Самарқанд қишлоқ хўжалик бошқармаси бўлим бошлиғи шахсан узлари катнашиш шарт эди.


Маматқулов Комил жарқўрғон туман Кенгаши депутат2018-04-28 13:43:19

Бугунки кунда депутатлар фаол бўлишлари зарур. Депутатлик ваколатларидан хар бир депутат фойдаланиши зарур.10


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-04-28 13:29:36

Самарқанд қишлоқ хўжалик бошқармаси бўлим бошлиғи Мақсуд Ҳусановнинг ахборот беришга тайёргарлик кўрмагани, депутатларга нисбатан хурматсизлик.


Fikringizni qoldiring

+